PODCAST ALOQA Ommaviy Axborot Vositasi Rss
Eshittirishlarimizni tinglang
Xabarlar
Yangiliklar 09.09.2010
 
Eshittirishlar
Eshittirishlar 09.09.2010
Reportajlar
Samandar Hamrohqullov
Zilola Xudoyberganova
Nozif Shahroni
Gulbahor Erqullova 25.06.2009
Umidkhon Rasul
 
“Arman isyoni” nomli film Amerika vakillar majlisida namoyish qilindi
Rejissiyor Marty Callaghan tomonidan tasvirga tushirilgan xujjatli filmda, qurollangan armanlarning sharqiy Anadoluda va Nahchivanda musulmon turklarni qanday qatliom qilganligi ko’rsatib berilgan.
Posted 29.07.2010 09:46:42 UTC
Updated 29.07.2010 09:46:42 UTC

Usmoniy İmperatorligining so’ngi davrlarida arman uyushgan to’dalari tomonidan sodir qilingan qatliomni aks ettirgan “Arman isyoni” nomli film Amerika vakillar majlisida namoyish qilingan.

Mazkur film, Turk-Amerika jamiyatlari assambleyasining tashabbusi bilan vakillar majlisi binosida namoyish qilingan.

Rejissiyor Marty Callaghan tomonidan tasvirga tushirilgan xujjatli filmda, qurollangan armanlarning sharqiy Anadoluda va Nahchivanda musulmon turklarni qanday qatliom qilganligi yaqqol ko’rsatib berilgan.

Mazkur filmda rus va fransuz qo’shini tarkibida o’rin olgan arman to’dalar shahar va qishloqlarga qilgan hujumlaridan keyin chet el kuchlarining chekinishi bilan mintaqani tark etishga majbur bo’lganligiga ham diqqat qaratilgan.

Amerika vakillar majlisi binosidagi film namoyishi paytida so’zga chiqqan huquqchi Bruce Fein, o’sha davrda yuz minglarcha begunoh turklarning vahshiylarcha qatl qilinganligini eslatdi.

Amerikaning sobiq prezidentlaridan Reagan davrida maslahatchi bo’lgan Bruce Fein, Fransiya va Shvetsariya kabi davlatlar Turkiyani tanqid qilar ekan hatto o’z davlatlarida 1915 yil voqealarini muhokama qilishni qat’iyan man qilganligi adolatsizlik ekanligini tilga oldi.

Feinning fikricha, 1915 yil voqealariga doir Armanistonning arhivlari ochilib komissiya tomonidan tekshirilishi kerak.

Shuningdek, Fein so’zlarini davom ettirar ekan, Turkiya davlati bu qatliomni xalqaro maydonda muhokama qilishga chaqirganligini eslatdi.

“Arman isyoni” nomli filmning rejissiyori Marty Callaghan, “Qon, qum va neft” nomli xujjatli filmga ham alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur xujjatli filmda, 1-jahon urushida g’arb davlatlarining Yaqin sharq, Arab yarim oroli va Kafkazlarda etnik millatchilikni gij-gijlagan holda Usmoniy İmperatorligini vayron qilib o’z manfaatlari yo’lida davlat tuzganligi alohida qayd etilgan.





So'ngi Xabarlar
TRT TSR Haqida TRT Haqida Aloqa O'rnating Frekans Ommaviy Axborot Vositasi
TRT Radio
TRT TV
TRT Habar
TRT Tuzilish Tarihi
Terms of use
Fikrlaringiz
Sun'iy Yo'ldosh Efirlari
Dastur Jadvali
Fotogalereya
Tinglang / Tomosha qiling
PODCAST
Turkish Radio - Television Corporation Official Web Site