Posted 27.07.2010 10:22:44 UTC
Updated 27.07.2010 11:22:37 UTC
AQSHning Turkiya favqulodda va muxtor elchisi James Jeffryning vazifa muddati nihoyasiga yetgani uchun prezident Barak Obama uning o’rniga Francis Joseph Ricciardoneni nomzid sifatida ko’rsatdi. Turkiya bilan tegishli 30 yillik tajribasi bo’lgan Ricciardonening bu vazifaga saylanishi uchun Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bu doirada, proseduraga binoan Senat tashqi ishlar komitetida Senatorlarning savollariga javob qaytardi. Ricciardonining savollarga javob qaytarishi va tushuntirishi, ham o’zi ham AQSH boshqaruvining Turkiya haqidagi nazariyalarini namoyin etgandir. AQSH bilan Turkiya o’rtasida asosan so’ngi bir necha oy ichida maydonga kelgan kelishmovsizliklarga qaraganda, bu bayonotlar va mulohazalarning qanchalik muhim bo’lgani tushunilmoqda. Shuningdek, Turkiya favqulodda va muxtor elchisi sifatida tayin etilishi kutilgan Ricciardonening Turkiya-AQSH aloqalarining kalajagi bilan aloqali mulohazalarini tilga olishi uchun ijobiy o’zgarish bo’ladi.
Ricciardonening Turkiya haqidagi nazariyalarini 4 bo’limda muholama qilish mumkin. Birinchidan, Turkiyaning ichki tuzilishi bilan aloqali nazariyalaridir. Turkiya demokratik, huquqning ustunligi, inson haqarini hurmat qilgan, aksariyasi Musulmon bir jamiyat bo’lishiga qaramay dunyoviy bir boshqaruv ega, iqtisodiy jihatdan faol va zamonaviy bir davlat shaklida ta’riflanmoqda. AQSHning Turkiya ichki tuzilishi bilan aloqali bu ta’riflari va vaziyati, so’zda bo’lsa ham ijobiy o’zgarishdir.
İchinchidan, AQSHning Turkiyaga strategik tobelgi bo’lgani ilgari surilmoqda. Turkiyaning yuqorida aytb o’tgan xususiyatlari bilan bir qatorda, NATO, G-20 ga BMT xavfsizlik kengashining a’zosi bo’lishi va tezda rivojlanayotani bois AQSH jihatidan muhim strategik sherik bo’lgani bildirilmoqda. Turkiyaning terroriz va ommaviy qirg’in qurollarini tarqalishini oldini olish uchun boshlatgan kirishuvi, mintaqaviy to’qnashuvlarni bartaaf qilish uchun harakat qilishi, energiya xavfsizligini ta’min etishi, tijorat, investitsiya va iqtisodiy jihatdan rag’batlantiruvchi bo’lgani uchun diqqat tortmoqda. Shuningdek, Turkiyaning asosan AQSH harbiy kuchlari jihatidan Afg’oniston va İroqdagi birligi uchun logistik bir markaz bo’lgani bois, AQSH ning Turkiyaga qarshi tobeligi ortmoqda.
Ushunchidan, AQSHning Turkiya bilan aloqali umidlari va zimmasiga olgan rol bilan tegishli. AQSH, Turkiyaning İroq, Afg’oniston, Falastin, Eron, Armanistonga o’xshash mintaqaviy va Kipr kabi Turkiyani qiziqtirgan mavzularda ijoby rol o’ynagani uchun juda mamnun ko’rinmoqda. Turkiyaning mintaqaviy tinchlik va barqarorlik o’rnatish kirishuvlarini maqtovga sazovot deb baholamoqda.
Turkiyaning xalqaro jamoatchilik bilan Eron o’rtasida vositachilik qilishga davom etish kerakligi, AQShning bu mavzuda Turkiyaning yordamiga ehtiyoji bo’lgani bildirilmoqda. Bu bilan birga, Turkiyaning Eronga ambargo tatbiq etish qarorini rad etishi va Turkiya-İsroil aloqalarining salbiy vaziyatda bo’lishi qayg’ulantirmoqda.
To’rtinchidan, AQSHning Turkiyani qo’llab-quvatlashini ortmoqda. AQSH PKK ga qarsh Turkiyani yo’llqb-quvvatlashga davom etishini, Turkiyaning Yevropa ittifoqi a’zoligini ham qo'llab-quvvatlagani, Turkiyaning energiya tarmog’i o’tgan nutqaga aylanishining va bu doirada Turkiya- AQSH aloqalarining rivojlanishi kerakligi bildirmoqda.
Ricciardone, ma’ruzasida Turkiyani quyidagicha ogohlantirishdan ham bosh tortmadi. Turkiya-İsroil aloqalarining mutlaqo tiklanish, Heybeliada ruhoniy maktabini ochish, diniy erkinliklarni rivojlantirish, Eron mavzusida AQSHni to’liq qo’llab-quvvatlash, Yevropa ittifoqiga a’zolik jarayoni bo’yicha islohotlarni davom ettirish, Kipr masalasiga BMT doirasida ikki hudud va ikki davlatdan tashkil topgan bir federatsiya tashkil etish, Turkiya- Armaniston aloqalarini yo’lga solish va protokollarni tasdiqlash.
AQSHning Turkiya haqidagi ijobiy nazariyalari va Turkiyadan umidi bo'lgani qanchalik haqiqat va mumkin bo’lishini bu bosqichda ko’rib bo’lmaydi. Ham aloqalarni izga olish ham ishonchiga javob berish uchun, Turkiyaning ham istaklari bo’lgani yaqqol maydonda. Chunki Turkiya AQSH uchun bunchalik ahamiyatga ega bo’lsa, Turkiyaning nazariyalari va nozuk bo’lgan mavzularga e’tibor borishi kerak. Bu nuqtada Turkiya ham AQSHdan ikki narsani kutmoqada.
Birinchidan, Turkiyada demokratiya va huquq ustunligi kabi qadriyatlarga putut yetkazadigan barcha kirishuvlarni oldini olish. AQSH va Turkiyaning o’tmishda bo’lgan to’nataruv kabi xatolarini takrorlamasligi kerak. Ochiqchasi, na Turkiyaning na AQSHning Turkiyaga harbiy aralashuv yoki to’ntaruvga ojobiy qaramasligi, hech bir shakilda yon bermasigi kerak. Misol, AQSHning 1980- yili harbiy to’ntaruvi kabi bo’lmasligi uchun juda ehtiyotli bo’lish kerak. Zero bu mavzuda juda nozuk bo’lgan Turkiya ommaviy jamoatchiligi, demokratiyaga qarsi zid harakatlarga qattiq javob beradigan vaziyatga kelgandir. Ricciardonening Turkiyada to’ntaruvlar maydonga kelgan kunlarning bir xato bo’lganini ifoda etishi bu jihatdan o’ta muhim.
İkkinchidan esa, AQSH uchun bunchalik muhim xalqaro va mintaqaviy e’tibori bo’lgan Turkiyaning mintaqasida ijobiy rol olishini istasa, Turkiyaning bunga tegishli nazariyalari va maslahatlariga ham quloq solishi kerak. Mintaqaviy barqarorlik o’rnatish uchun harakat qilgan Turkiyaning mintaqadagi masalalarni yechish uchun izlagan siyosatini tasdiqlash va qo’llab-quvvatlash kerak. Turkiyaning İroq, Suriya, Livan, Falastin, Eron, Afg’oniston kabi nuzok mavulzar bilan aloqali tashabbuslari inobatga olinishi zarur.
Asosan, Turkiyaning Eronning yadro dasturiga tegishli yardi ayirboshlash shartnomasini va BMT xavfsizlik kengashida ambargo tatbiq etish qarorini rad etishini yaxshi tushunish kerak. Yana, Turkiyaning G’azo muammosini yechish va İsroil-Falastin tinchlik jarayonini to’g’ri shakilda davom etishi uchun boshlatilgan kirishuvlarini ko’zdan kechirish kerak.
Turkiya va AQSH, Ricciardonening aytgani kabi ikki do’st- ittifoqdosh o’lka bo’lsa, Obama ifoda etgani kabi namuna sheriklik bilan aloqalar bu shakilda davom etadigan bo’lsa, AQSH boshqaruvining Turkiyaga e’tibor berishi muqarar. Do’slar bilan maslahatlashish har doim foydali va to’g’ri bo’ladi. Hattoki Turk tilida bir maqol ham bor “do’stlar achitib aytsa ham to’g’rini aytadi”. Bu doirada, Turkiyani mintaqaviy va global muammolar bilan tegishli inobatga olinishi barchaga naf keltiradi.