PODCAST ALOQA Ommaviy Axborot Vositasi Rss
Eshittirishlarimizni tinglang
Xabarlar
Yangiliklar 09.09.2010
 
Eshittirishlar
Eshittirishlar 09.09.2010
Reportajlar
Samandar Hamrohqullov
Zilola Xudoyberganova
Nozif Shahroni
Gulbahor Erqullova 25.06.2009
Umidkhon Rasul
 
Kunning dolzarb masalasi 20.07.2010/Ramazan Go'zan
Terror hujumlari avj olgach, Turkiya siyosatida yangi davr boshlandi.
Posted 21.07.2010 09:47:24 UTC
Updated 21.07.2010 12:12:14 UTC

İyul oyi PKK terror hujulari avj olgach, Turkiya siyosatida yangi bir davr boshlandi. Bu davrda asosan, terrorga qarshi kurash mavzusida yana ham faol bo’lish uchun hukumat bilan muxolifat partiyalari orasida uchrashuvlar va kelishuv jarayoni jadallashtirilgandir. Hukumatning taklifi ona muholifat partiyasi Jumhuriyat Xalq partiyasi bilan Demokratik Sol partiyasi va Buyuk Birlik partiyasi tomonidan tasdiqlangach, liderlar orasdia qator uchrashuvlar amalga oshirildi. Bosh vazir Erdog’an va guruhi, 13-15- İyul kunlari orasida navbati bilan DSP bosh rahbari Turker, SP bosh rahbari Kurtulmush, BBP bosh rahbari Topchu va JHP bosh rahbari Kilishdarog’luni ziyorat qilib bu mavzuni ko’zdan kechirdi. Bosh vazir So’ngi navbatda boshshab boshlig’i Bashbug’ bilan uchrashdi. Erdog’an-Bashbug’ uchrashuvi haftalik oddiy uchrashuv bo’lishiga qaramay, ayni mavzular siyosiy liderlarning kun tartibida ham joy oldi.

Uchrashuvlar natijasida PKK terror tashkilotini bartaraf qilish mavzusida umumiy bir konsensus tashkil etar ekan, olinadigan qator tadbir-choralar kun taribiga keltirildi. Bunlardan ayrimlari quyidagicha: tajribali bir qo’shin vujudga keltirish, parlament saylovlarida tatbiq etilgan 10 % saylov to’sig’ini pasaytirish va mintaqada mavjud salbiy shartlar va masalalarni mutlaqo bataraf qilishdir.

Liderlararo uchashuvlarni ikki jihatdan muhokama qilish mumkn. İlk navbatda Turkiyadagi demokratiya va dialog madaniyatini rivojlanitirish uchun muhim bir kirishuv boshlatilgandir. O’tgan yillarda bunga o’xshash uchrashuvlar amalga oshirilmagan, songi yilarda hukumatdagi partiya bilan muxolifat partiyalari orasida bir kelishuv tuzish fursati bo’lmagandir. Bu boradagi kelishmovsizliklar qisman siyosiy qisman, bajarliladigan ishlar bilan aloqali kelishmovsizliklar tufayli muvofaqiyatsiz bo’lgandir. Misol, Erdog’an bilan sobiq JHP rahbari Baykal orasida, kameralar bo'ladimi yoki kemaralar bo’lmaydi degan bahslar bo’lgani uchun amalga oshirilmagandir. Bu kabi sabablar bilan Turkiyaning terror, ishsizlik, Yevropa ittifoqi va kanstitutsiya ozgarishi kabi asosiy masalalar bilan tegishli liderlar orasida kelishvomsizlik devom etayotgan edi. Misol, hukumat tomonidan terrorga qarshi boshlatilgan “Demokratik tashabbus” kirishuvlari natijasida ham bir kelishuv yoki dialog tuzilmagandir.

Bunlar nazarga olinganda, bir davlatdagi masalalarga ta’sirli va davomli bir yechim topish uchun siyosiy va ijtimoiy konsensus ehtiyoji diqqatga olingan taqdirda, oxirgi liderlar yig’ilishining ahamiyati yana yaxshi ma’lum bo’lmoqda. Liderlar uchrashuvlarining ikkinchi jihati, terrorga qarshi kurashda olinishi kerak bo’lgan zaruriy tadbir-choralar bilan tegishli umumiy konsensusdir. Bunlardan eng muhimlari; terrorga qarshi yana faol va davomli kurash olib borish uchun tajribali bir qo’shinning yoki maxsus xavfsizlik kuchlari tashkil etish uchun fikir birligidir. Liderlar bilan mudofaa vaziri Go’nul qilgan ma’ruzalarga ko'ra, bu borada faoliyat boshlatigandir. Tajribali xavfsizlik kuchlari tayyorlash, harbiy amaliyot shartlarini belgilash, moliyaviy va ijtimoiy jihatlari bilan tegishli xavfsizlikni ta’min etish uchun tayyorgarlik ko’rish nazarda tutilmoqda. Bu nuqtada ayrim muhim savollar ham berilgandir: Bu qo’shinni tashkil etish, Turkiyaning terrorga qarshi kurashda takror qurolli kuchlarga yo’nalishinimi tushuntirmoqda? Turkiyaning shimoliy İroqga qarata harbiy amaliyotlarlari yana ham ortadimi? Eng muhim bo’lgani o’tgan yili boshlagan demokratish tashabbus to’xtaydimi?

Bu savollatning uchiga ham salbiy javob qaytrarish kerak. Avvalambor, tajribali qo’shin tashkil etish, terroga qarshi, yana ham faol kurash olib borishga hissa qo’shadi. Terrorga qarshi kurash uchun maxsus ta’lim olgan va jihozlantirilgan bir kuchning, yana ham muvaffaqiyatli bo’lishi yaqqol maydonda. Lekin, bunga o’xshash bir harbiy kuchning harakat va vazifa muddatini juda yaxshi belgilash va o’tmishdan dars olingan holda vujudga keltirilish shart. İkkinchidan, tajribali qo’shin tashkil etish, terrorizm tushunchasiga qarshi ayrim to’siqlarni bartafa qilmaydi. İqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa muammolarga yechim topib terrorga muhit yaratgan omillarni batraf qilish kerak. Turkiyada bu borada zid fikirlar bo’lmagani ma’lum, liderlar bu mavzularga ham to’xtalib o’tdilar.

Bu boradagi nazariyalar, saylov shartlarini yengishlashtirish barcha siyosiy partiyalarning Turkiya oliy millat majlisida vakillik qilishini osonlashtirish masalahat qilingandir. Qanchalik bu mavzuda partiyalar orasida bir kelishuv tuzilmagan bo’lsa ham, lekajakga bu mavzuga doir qonuniy o’zgarish kiritilishi mumkin. Uchinchidan, tajribali qo’shin, mavjud xalqaro va milliy qoidalar va tamoyillar doirasida harakat qiladi. Bu doirada, kerak bo’lsa chegaradan tashqi harbiy amaliyot uyushtirish ehtimoli ham bor. Bu mavzuda asosan AQSH va İroq boshqaruvi bilan kelishuv ichida bo’lgani tushunilmoqda. Chunki ham AQSH ham İroq, PKK ga qarhi Turkiyani qo’lllab-quvvatlagan bo’lib, bu doirada uch tomonli mexanizmdan faydalanmoqda. Bu jihardan nazar solganda, Turkiya tomonidan vujudga keltiriladigan tajribali qo’shin ham İroq hukumatiga mos harakat qilishga davom etadi.

Bu jarayonda eng muhim mavzulardan biri; terrorga qarshi kurash mavzusida yangi chora-tadbir olish jarayonida Turkiya ommaviy jamoatchiligini va ta’luqli vakillarning ham ishontirishi kerak. Chunki bu, har bir kishini qiziqtirgan bir masaladir. Shuning uchun demokratik jarayon bahs mavzusi bo’lgandir. Bu doirada bir bosh muhim masala; “asosan ikki siyosiy partiya MHP va BDP ning liderlar orasida amalga oshirilgan uchrashuvlardan tashqarida qolishidir. Holbuki, bu xalqaro masalada to’liq konsensus tashkil etib muvaffaqiyatli bo’lish uchun ushbu partiyalarning ham jarayonga qo’shilishi o’ta muhim. Kerak bo’lsa bosh vazir Erdog’nning kerak bo’lsa bu jarayonga qo’shilmagan yoki qo’shilishni xohlamagan partiyalarning, bu mavzudagi kamchilklarni bartaraf qilishi va kelishv tuzishga harakat qilishi shart.

Bu mavzu kelajak kunlarda ham kun tartibiga joy olishga davom etadigan Turkiya oliy millat majlisi ichida va tashqarida uchrashuvlarning davom etishi kutilmoqda. PKK terror tashkiotiga qarshi yangi bir jarayon bohslatgan bir davrda, demokratiya va dialog aloqalarini kengaytirib, ham Turkiyadagi demokratiyani rivojlantirish ham Terroga qarshi davomli bir yechim topish doirasida juda ijobiy samara beradi.





So'ngi Xabarlar
TRT TSR Haqida TRT Haqida Aloqa O'rnating Frekans Ommaviy Axborot Vositasi
TRT Radio
TRT TV
TRT Habar
TRT Tuzilish Tarihi
Terms of use
Fikrlaringiz
Sun'iy Yo'ldosh Efirlari
Dastur Jadvali
Fotogalereya
Tinglang / Tomosha qiling
PODCAST
Turkish Radio - Television Corporation Official Web Site