www.trtuzbek.com
Rss
ANADOLU AFSONALARI 14-QISM
Munzur afsonasi ham Anadoluga hos bo'lgan afsonalardan biridir.
Posted 21.07.2010 13:57:46 UTC
Updated 21.07.2010 13:57:46 UTC

Anadolu ertak va afsonalar diyoridir. Qayerga borishingizdan qat’iy nazar, u yerga hos afsonalarga duch kelishingiz mumkin. 7 burgutning yoshini yashagan odam afsonasini, bir orolga nomi berilgan qiz afsonasini, delfinning ustida suzgan bola afsonasi, sut bilan boqilgan ilon afsonalarini eshitishingiz mumkin. Hattoki, har bir daraxtning, tog’u-toshlarning, qushlarning bo’rilarning va suvlarning o’ziga hos afsonalari mavjud.

Quyida hikoya qilinadigan Munzur afsonasi ham bu turga oid afsonalardan biridir. Qadimda bugungi Tunjeli bilan Ovajik tumaniga qarashli Koyungo’lu qishlog’i atrofida yashagan bir amaldorning Munzur ismli madikori bor ekan. Bu madikor amaldorga chin ko’ngildan xizmat qilar ekan. Amaldorning bir deganini ikki qilmas ekan. Qo’lidan har ish kelar emish. Dalada ishlash va hatto cho’ponlik ham qilar ekan. Dalada ishlagan ho’kkiz va otlarni boqishni ham kanda qilmas ekan. Qilgan ishiga va ish bergan amaldorga juda sodiqmish.

Ro’stgo’y emish va hatto bir jonzodga ham zarar bermas ekan. Dalada ter to’kkan otlarning, ho’kkizlarning va sutini sog’dirgan qo’y va sigirlarning yemini berishni ham hech unutmas emish. Otlar bemalol yotsin deya tagiga yumshoq somonlar solar ekan. Ularni ko’zi kabi qo’riqlar emish. Bu sodiqligi va mehnatkashligi tufayli amaldor ham xizmatkorini juda yaxshi ko’rar ekan.

O’sha yil yog’ingarchilik juda ko’p bo’libdi. Bunga ko’ra, tuproq ham juda unumdor bo’libdi. Dalalarda bug’doy mo’l bo’libdi va omborlar, hirmonlar g’allaga to’lib ketibdi. Bog’lar esa mevalarga to’lib toshibdi, qo’ylar ikkiz bolalabdi. Bu unumdorlik va mo’l-ko’lchilik amaldorni juda sevintiribdi. Amaldor qo’lga kiritgan boyligi bilan o’sha yili haj ziyoratiga borishga qaror beribdi.

Yo’lga otlanmasdan oldin Munzurni yoniga chaqirib “-Menga quloq sol o’g’lim”-debdi. Yoshim ham anchaga borib qoldi. Olloh rizqimizni mo’l-ko’l qildi, endi bir hajga borib kelish farz bo’ldi. Uy-joyimni, qo’y-molimni, mol-mulkimni, bola-chaqamni senga omonat qilib tashlab ketaman. Senga to’liq ishonaman. Yuzimni qoraga chiqarma, xizmatingni kanda qilma”- debdi va ayoliga borib halollik so’rabdi. “-Ollohga omonat bo’ling”- degan holda yo’lga otlanibdi.

U davrlarda transport vositalari yo’q emish. Haj ziyorati bir necha oylardir davom etar ekan. Tog’u- toshlarni kechib o’tib muqaddas tuproqlarga yetib boribdi. Amaldor Haj ziyorati paytida ekan, uning ayoli, Munzur ismli xizmatkorini yoniga chaqiribdi va shunday debdi: “-Kel o’g’lim holva pishirdim. Amaldor og’ang bu holvani juda yaxshi ko’rar edi. Bu holvani unga atab pishirgan edim. Senga ham ajratdim. Koshki og’ang hozir shu yerda bo’lsa edi, u ham yer edi”-debdi. Toza yurakli Munzur; “-Onaxon, siz u holvadan og’amga ajratilgan bo’lakni menga bering. Borib og’amga berib kelaman”-debdi.

Amaldorning hotini bunga kulibdi va “-Bergan holvamni oz deyabdi shekilli, yana yegisi kelibdi-da. O’zi uchun so’rashga uyalgani uchun shunday deyabdi”-deb o’ylabdi. Bermasam hafa bo’ladi deb holvaning qolgan qismini ham Munzurning qo’liga beribdi.

Munzur holvani olishi bilan ko’zdan g’oyib bo’libdi. Holva hali sovimasdan turib, duo qilib o’tirgan og’asiga olib boribdi. Holvani amaldorning yoniga qo’yib bezovta qilmasdan yana ko’zdan g’oyib bo’libdi. Amaldor Munzurni ko’ribdi, lekin orqasiga qaragunicha Munzur ketib bo’lgan ekan.

Sarosimaga tushgan amaldor avvaliga bir tush ko’ryabman deb o’ylabdi. Lekin holva uning yonginasida turgan emish. Holva idishini ochib qarasa ichidagi holva issiq emish, hali hovuri ham ketmagan emish. Amaldorning ko’nglida Munzurga nisbatan xurmat va sevgi uyg’onibdi. Boshidan o’tgan voqeani qaytishida barcha hojilarga aytib berishni niyat qilibdi.

Munzur holvani og’asiga olib borib bergandan so’ng, yana kelib amaldorning eshigini taqqillatibdi. Amaldorning ayoli Munzurni ko’rishi bilan “-Nima bo’ldi, tinchlikmi?”-deb so’rabdi. Shunda Munzur “-Ha onaxon holvani og’amga olib borib berdim. Duo qilayotgan ekan, berib qaytdim”-debdi. Amaldorning ayoli bu so’zlarga ishonmabdi. Bu so’zlarni Munzurning soddaligiga yo’yibdi va “-Yaxshi qilibsan Munzur, qo’ling dard ko’rmasin”-debdi. Va bu voqeani barcha yaqinlariga aytib beribdi. Amaldor hojidan qaytmasdanoq bu hikoya atrofga tarqalibdi.

Kunlar ortidan kunlar o’tibdi. Haj ziyoratini ado etgan amaldor qishlog’iga qaytibdi. Amaldorni kutib olishga chiqqanlar uning qo’lini ko’ziga surtish uchun jon talashibdilar. Amaldor shu payt Munzurni ko’rsatib “-Asl hoji Munzurdir. Aslida Munzur bilan salomlashinglar. Munzur hojilarning boshidir. Aslida men uning qo’lini ko’zimga surtishim kerak”-debdi.

Va atrofidagilarga qarab shunday debdi: “-Qaranglar bu idishni ko’ryabsizlarmi? Bu idishda Munzur menga holva olib bordi”-debdi. Qishloq ahli Bu voqeadan xabardor bo’lgani uchun darrov buning ma’nosini anglabdi. Qolaversa haqiqatni amaldorning o’zidan eshitishi bilan u yerga to’plangan xalq Munzurning qo’lini birib-ketin ko’ziga surtmoqchi bo’libdilar. Munzur siri fosh bo’lishini istamaganligi uchun toqqa tomon qocha boshlabdi. Munzur qochar ekan, uning ortidan amaldor va to’plangan xalq uni quvlay boshlabdi.

Hozirgi Munzur nomli irmoqning yoniga yetib kelganida Munzurning qo’lidagi sut to’la idish to’kilib ketibdi va sut to’kilgan joyda suv otilib chiqibdi. Bundan keyin Munzur yana 40 qadam tashlabdi. Tashlagan har-bir qadamidan suv otilib chiqaveribdi. Yer ostidan otilib chiqqan bu suvlardan bir irmoq hosil bo’libdi. Munzurning orqasidan quvlab kelganlar bu irmoqning qirg’og’iga kelib narigi tomonga o’tishga va Munzurga yetib olishga harakat qilibdilar, lekin narigi qirg’oqqa o’ta olmabdilar.

Munzur qo’lini samoga ko’tarib, “-Ollohim sirimni fosh qilma meni dargohingga ol”-debdi. Oxiri tog’ning yonbag’iridagi bir qoyaning yoniga yetib kelibdi. Qo’lidagi hassasini yerga urib ko’zdan g’oyib bo’libdi. U ko’zdan g’oyib bo’lgan joyda cho’pon hassasi va bo’sh sut idishi qolibdi holos. Aziz muhlislar, Tunjeli hududiga hos bo’lgan mehnatkash Munzur afsonasi turk xalq og’zaki ijodida katta o’rin egallagan. Tillardan tillarga doston bo’lib kunimizgacha yetib kelgan. (www.trtuzbek.com)

Turkish Radio - Television Corporation Official Web Site
This service may include material from Anatolian News Agency (AA), Agence France-Presse (AFP), Associated Press (AP), Reuters, Deutsche Press Agentur (dpa), ATSH, EFE, MENA, ITAR TASS, XINHUA which is copyright and cannot be reproduced.