Posted 28.07.2010 09:46:13 UTC
Updated 28.07.2010 09:46:13 UTC
İstanbuldan havoga parvoz qilgan va Karachi orqali İslomobodga safar qilgan bir yo’lovchi samolyoti falokatga uchradi.
Pokistonlik xususiy havo yo’li shirkatiga tegishli bo’lgan Airbus samolyotida 6 ekipaj bilan birga 152 nafar yo’lovchi bor edi.
Samolyot Pokistonning poytaxti İslomobod yaqinlaridagi Margalla tepaligiga qulab tushganligi aniqlangan.
Fojiaga uchragan samolyotdan hozirgacha 5 nafar yo’lovchining jasadi chiqarilgan.
Fojianing sababi sifatida Airblue nomli xususiy firmaga tegishli bo’lgan samolyot bilan xalqaro İslomobod havo yo’li o’rtasidagi aloqa tongi soatlarda uzilib qolganligi aytilmoqda.
Salbiy havo shartlari ham fojia yuz berishiga sabab bo’lganligi tahmin qilinmoqda.
(www.trtuzbek.com)