Hizbulloh Isroil shimoliga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi

Hizbulloh, Livanga qarshi uyushtirilgan oxirgi hujumlariga javob tariqasida Isroil shimoliga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi.

By
_

Hizbulloh Isroilning Livanga qarshi uyushtirilgan oxirgi hujumlariga javob tariqasida Isroil shimoliga raketalar uchirganini ma’lum qildi.

Tashkilot mavzu haqida payshanba kuni (09.04.2026) erta tongda bergan bayonotida, Isroil sulh kelishuvini buzganiga javoban Manara posyolkasini raketalar bilan nishonga olganini bildirdi.

Hizbulloh: «Javob tariqasidagi ushbu zarbalar AQSh bilan Isroilning mamlakatimiz va xalqimizni nishonga olgan hujumlari to‘xtatgunga qadar davom etadi», - dedi.

«Yedioth Ahronoth» gazetasi esa avvalroq to‘qqiz soatlik sokinlikdan so‘ng Livandan Isroil shimoli tomon uchirilgan raketa Yuqori Jalil hududi ustida tutib qolinganini xabar qilgan edi.

Gazeta, uchirishdan keyin Jalil Panhandle hududida havo hujumi signalizatsiyalari eshitilganini ham o‘z so‘ziga ilova qildi.

Isroil hujumlari davom etmoqda

Bu voqealar AQSh bilan Eron, Vashington hamda Tel - Avivning 28 - fevral kuni Tehronga qarshi boshlagan urushini yakunlash niyatida yakuniy kelishuvga zamin yaratishni ko‘zlagan sulh e’lon qilinishidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.

Isroil, Eron bilan ikki haftalik sulhni qo‘llab - quvvatlashini bildirgan ammo Eron bilan Pokiston rasmiylarining bayonotlariga qaramay ushbu sulh Livanni o‘z ichiga olmasligini ifoda etgan.

Livanning harbiy bo‘lmagan mudofaasi ma’lumotlariga ko‘ra Isroil armiyasi chorshanba kuni mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli havo hujumlari uyushtirgan, oqibatida esa kamida 254 kishining umriga va 1 ming 165 kishining sog‘ligiga zomin bo‘lgan.

Shuningdek, 2 - martdan buyon Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida 1 ming 530 nafardan ortiq inson halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.