Pokiston kuchlari kamida 30 nafar jangarini yo‘q qilgani aytilmoqda

Pokiston xavfsizlik kuchlari Kurramda 23, Mohmandda 4, Lakki Marvatda 2 va Tank tumanida 1 nafar jami 30 nafar jangarini yo‘q qilgani aytilmoqda.

By
_

Pokiston armiyasining matbuot bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra so‘nggi bir necha kun ichida mamlakatning shimoli - g‘arbiy qismidagi Xaybar - Paxtunxva viloyatida o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar davomida kamida 30 nafar jangari yo‘q qilindi.

Xizmatlarlararo jamoatchilik bilan aloqalar (ISPR) payshanba kuni (20.11.2025) mavzu haqida bergan bayonotida aytishicha chorshanba kuni (19.11.2025) amalga oshirilgan amaliyotlarda Kurramda 23, Mohmandda 4, Lakki Marvatda 2 va Tank tumanida 1 nafar jangari o‘ldirilgan.

Shu bilan birga Ichki Ishlar vaziri Mohsin Naqvi ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida tasdiqlashicha, payshanba kuni (20.11.2025) Dera Ismoil Xon tumanida politsiya mashinasi yaqinida portlagan bomba oqibatida kamida ikki nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan, to‘rt kishi esa tan jarohati olgan.

Pokiston kuchlari, poytaxt Islomobod bilan Xaybar - Paxtunxvaning turli hududlarida sodir etilgan so‘nggi hujumlar ortidan viloyatning bir nechta tumanlarida razvedka ma’lumotlariga asoslangan amaliyotlarni kuchaytirdi.

Amaliyotlar

Armiya dushanba kuni (17.11.2025) Bajaur, Shimoliy Vaziriston va Dera Ismoil Xonda kamida yana to‘rt nafar jangarini yo‘q qildi.

ISPR bir kun avval Bajaur va Bannu tumanlarida yuz bergan ikki yirik to‘qnashuvda armiyaning kamida 23 nafar jangarisini o‘ldirganini ma’lum qilgandi.

Yakshanba kuni (16.11.2025) Dera Ismoil Xon bilan Shimoliy Vaziriston tumanlarida o‘tkazilgan amaliyotlarida kamida yana 15 nafar jangari yo‘q qilindi.

O‘tgan hafta bir xudkush, Islomoboddagi Sud majmuasi oldida o‘zini portlatdi. Hujumda kamida 12 kishi halok bo‘lar ekan, qariyb 30 kishi yaralandi.

Jangarilar avvalroq Afg‘oniston chegarasiga yaqin Janubiy Vaziristonning Vana hududidagi Cadet College nomli harbiy litseyga qarshi hujum qilishgandi. Xavfsizlik kuchlari hujumga javob qaytardi va asosiy darvoza xudkush tomonidan portlatilishi ortidan maktabga kirgan besh jangarining barchasi o‘ldirildi.