Lavrov tinchlik ustidan olib borilgan muzokaralarga to‘xtaldi

Sergey Lavrov bugun bergan bayonotida, tinchlik ustidan olib borilgan muzokaralarga to‘xtaldi.

By
_

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov seshanba kuni (10.02.2026) muhim bayonotlar berdi. Unda Ukrainada tinchlik ustidan olib borilgan muzokaralarga to‘xtalar ekan, hali bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan uzoq yo‘l borligini ifoda etdi. Lavrov o‘z so‘zida shuningdek, AQSh Prezidenti Donald Trampning Yevropa va Ukraina ustidagi bosimi oldida hayajonlanish uchun asos yo‘qligini bildirdi.

Rossiyaning RIA axborot agentligi xabariga ko‘ra Lavrov: “Hali oldinda juda uzun yo‘l bor”, - dedi.

Lavrov, Trampning Ukraina bilan Yevropani o‘z o‘rniga qo‘yganini ta’kidladi ammo bunday qadam vaziyatni haddan tashqari optimistik ruhda baholash uchun sabab bo‘la olmasligini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko esa Izvestiya gazetasiga bergan intervyusida, har qanday kelishuv Ukrainani NATOga a’zo bo‘lishini istisno qilishi va Ukraina hududida xorijiy qo‘shinlar joylashtirilishini taqiqlashi kerakligini qayd etdi.

Hozircha kelishuv yo‘q

AQSh Ukrainadagi urushni to‘xtatishni ko‘zlagan turli reja loyihalari bo‘yicha Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarga o‘rtamchilik qilmoqda. Biroq Tramp kelishuvga erishish bo‘yicha bir necha bor va’da berganiga qaramay hozircha hech qanday bitimga erishilmadi.

Muzokaralarda Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropadagi eng halokatli urushni qanday yakunlash, Ukrainaning kelajagi, Yevropa kuchlarining qay darajada chetga surilishi hamda AQSh o‘rtamchiligidagi tinchlik bitimi qanchalik barqaror bo‘lishi kabi masalalar muhokama qilinmoqda.