Balikesir viloyatidagi samolyot halokatida uchuvchi shahid bo‘ldi

Turkiyaning Balikesir viloyatida F - 16 jangovar samolyoti halokatga uchradi, uchuvchi esa shahid bo‘ldi.

By
_

Milliy Mudofaa vazirligi, Turk Harbiy - havo kuchlariga tegishli F - 16 jangovar samolyoti Balikesir viloyatining shimoli - g‘arbida qulab tushgani va uchuvchi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra mahalliy vaqt bilan soat 00:56 da 9 - Asosiy reaktiv aviabaza qo‘mondonligidan havoga ko‘tarilgan F - 16 samolyoti bilan radioaloqa va kuzatuv ma’lumotlari uzilgan.

Darhol boshlangan qidiruv - qutqaruv ishlari natijasida samolyot qoldiqlari topilgan.

Vazirlik mavzu haqida bergan bayonotida: «Uchuvchimiz shahid bo‘ldi. Halokat sababi avariya - texnik komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijasida aniqlanadi. Shahid bo‘lgan uchuvchimizga Allohdan rahmat, uning oilasi, Turk Qurolli kuchlari va aziz xalqimizga ta’ziya izhor etamiz». – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Balikesir viloyati hokimi Ismail Ustao‘g‘lu ham uchuvchining oilasiga hamdardlik bildirdi.