Madaniyat sohasidagi ulkan o‘zgarishlar
Festivallar va ommaviy tadbirlar "Turkiya madaniyat yo‘li" loyihasi o‘tgan yili misli ko‘rilmagan natijalarga erishdi. Mamlakatning 20 ta turli shahrida 9600 dan ortiq madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Festivallar va ommaviy tadbirlar "Turkiya madaniyat yo‘li" loyihasi o‘tgan yili misli ko‘rilmagan natijalarga erishdi. Mamlakatning 20 ta turli shahrida 9600 dan ortiq madaniy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar xalqning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. 2025-yilga kelib, festivallar o‘tkaziladigan viloyatlar sonini 26 taga yetkazish belgilangan bo‘lib, bu madaniy boyliklarni butun mamlakat bo‘ylab yoyishni ko‘zda tutadi.
Sahna san’ati va tomoshabinlar Davlat teatrlari o‘z faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda. Hozirgi kunda sahnalar soni 59 taga yetgan bo‘lsa, yaqin vaqt ichida bu ko‘rsatkichni 64 taga yetkazish rejalashtirilgan. Tomoshabinlar soni esa 2,3 milliondan oshib ketdi. Yangi mavsumda 2,5 milliondan ortiq san’at muxlislari kutilmoqda. Shuningdek, davlat opera va baleti 717 mingdan ziyod kishini o‘ziga jalb qilib, san’atning ushbu yo‘nalishiga bo‘lgan e’tiborni isbotladi.
Xalqaro meros va kino sanoati Turkiya UNESCOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan 32 ta elementi bilan jahon miqyosida 2-o‘rinni egallab turibdi. Shu bilan birga, turk seriallari dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq tomoshabinga yetib bormoqda. Vazirlik turizmni yanada kengroq targ‘ib qilish maqsadida kamida 3 ta qit’ada namoyish etiladigan yirik kino loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Kutubxonalar va tarixiy topilmalar Kutubxonalarning umumiy maydoni 2017-yildan buyon 152 foizga kengaytirildi. 2026-yil oxiriga qadar ushbu maydonni 1 million kvadrat metrga yetkazish maqsad qilingan. Arxeologiya sohasida ham katta yutuqlarga erishildi: 2025-yilda 15 mingdan ortiq yangi arxeologik topilmalar aniqlandi. So‘nggi 8 yil ichida esa xorijga noqonuniy olib ketilgan 9 mingdan ortiq tarixiy ashyolar qaytadan mamlakatga keltirildi.
Tarixiy obidalarning yangi hayoti Istanbulning ramziy binolari hisoblangan Haydarposha va Sirkeci temir yo‘l bekatlari keng ko‘lamli madaniyat va san’at markazlariga aylantirilmoqda. Vazir Erso’yning ta’kidlashicha, "San’at hamma joyda" shiori ostida amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar "Turkiya asri" rejasining eng muhim ustunlaridan biridir.