Isroil G‘azoda falastinlik yana 3 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil armiyasi falastinliklar sun'iy sariq chiziqni kesib o'tib, o'z pozitsiyalariga yaqinlashganliklarini iddao etmoqda.

By
_

Isroil armiyasi qamal ostidagi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini yana bir bor buzib, falastinlik yana uch kishi umriga zomin bo‘ldi.

Isroil armiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra G‘azo janubida joylashgan 188 - zirhli brigada bo‘linmalari «Sariq chiziq» deb nomlangan sun’iy chiziqdan o‘tib, askarlarga yaqinlashgani iddao etilgan falastinlik uch kishini aniqlagan. Bayonotda, nomi tilga olingan shaxslar «xavf tug‘diruvchilar» sifatida baholangan.

Xavf yoki tahdidni bartaraf etish maqsadida esa sariq chiziqning g‘arbida turgan falastinlik bir kishiga qarshi Isroilga tegishli havo vositasi orqali zarba berilgani va u hujum oqibatida halok bo‘lgani bildirildi.

G‘azoning shimolida esa shimoliy brigadaga qarashli bo‘linmalar sariq chiziqdan o‘tib, Isroil pozitsiyalariga yaqinlashgani iddao etilgan bir nechta falastinlikni aniqlagan. Bu holat ham zudlik bilan tahdid sifatida baholangan.

Bayonotga ko‘ra, Isroil kuchlari o‘t ochgan va hujum natijasida falastinlik ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ushbu hujumlar Falastin Sog‘liqni saqlash manbalari G‘azoning turli hududlarida uyushtirilgan Isroil zarbalari oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, ko‘pchilik yaralangani haqida xabar berishi ortidan sodir bo‘lgan.

Isroilning qoidabuzarliklari

Mazkur hujumlar, 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Isroilning bir necha bor qo‘l urgan qoidabuzarliklarining navbatdagi holati sifatida qayd etilmoqda.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoga qarshi olib borgan vayronkor hujumlari natijasida ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 71 ming 400 nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi, 171 ming nafardan ortiq inson esa yaralandi.

Shuningdek, qamal ostidagi hududning yirik qismini vayronaga aylantirdi va butun aholini ko‘chishga majbur qildi.

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay Isroil hujumlari davom etdi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu davrda 425 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 1 ming 189 kishi yaralangan.