Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 11- 12 sentabri kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi.

By
_

Gʻazodagi insoniy inqirozni kun tartibiga olib chiqish va xalqaro birdamlikni mustahkamlash maqsadida Turkiyaning Din ishlari boshqarmasi tomonidan Xalqaro Gʻazo Insoniy yordam sammiti uyushtirilmoqda. Unda dunyoning 48 ta davlatidan turli tashkilot vakillari ishtirok etar ekan, Turkiya nomidan 200 dan ortiq tashkilot vakili qatnashadi.

Sammit 11 - 12 noyabr kunlari Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» nomi ostida oʻtkaziladi.

Unda nodavlat notijorat tashkilotlari, inson huquqlari himoyachilari, akademiklar va ommaviy axborot vositasi vakillari jami 400 nafardan ortiq inson ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammitning maqsadi Gʻazoda ikki yildan beri davom etayotgan insoniy inqirozga javob berish va infratuzilma, sogʻliqni saqlash, ta’lim hamda uy - joy bilan bogʻliq millionlab insonning shoshilinch ehtiyojlarini muhokama qilishdir. Unda shuningdek, otashkesim ortidan mintaqaga muntazam ravishda yordam berish va qayta tiklanishni qoʻllab - quvvatlash masalasi qoʻlga olinadi.

Ikk kunlik sammit doirasida Gʻazoga oid keng koʻlamli va tizimli insonparvarlik yordamining barcha jihatlarini muhokama qilish uchun beshta seminar oʻtkaziladi.

Sammit soʻngida yakuniy deklaratsiya e’lon qilinadi.