Erdo‘g‘an bilan al - Soniy mintaqadagi oxirgi vaziyatlarni ham muhokama qildi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Qatar Amiri al - Soniy, vertolyot halokati ustidan bir - biriga ta'ziya izhor etib, ortidan mintaqadagi oxirgi vaziyatlarni muhokama qildi.

By
_

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy telefon orqali muloqot qildi. Unda, Turk - Qatar Birlashgan Kuchlar qo‘mondonligidagi vertolyot halokati munosabati bilan o‘zaro ta’ziya izhor etildi.

Bayonotga ko‘ra ikki yetakchi mintaqadagi so‘nggi voqealarni ham muhokama qilgan.

Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra hodisa juma kuni kechqurun Qatar Qurolli kuchlariga tegishli vertolyot texnik nosozlik sabab Qatar - Turkiya Birlashgan Kuchlar qo‘mondonligi doirasida olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida dengizga qulab tushishi natijasida yuz bergan.

Voqeada Qatar Qurolli kuchlarining to‘rt nafar xodimi, Turk Qurolli kuchlarining bir nafar a’zosi hamda ASELSAN mudofaa kompaniyasining ikki nafar texnigi — jami yetti kishi halok bo‘lgan.

Muloqot chog‘ida Shayx Tamim Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga mintaqadagi urushni to‘xtatish borasida qilayotgan sa’y - harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgani qayd etildi.

Shuningdek, ikki davlatning tegishli guruhlari doimiy muloqotda bo‘lishi ta’kidlandi.