Isroil qaytargan va halok bo‘lgan falastinliklik mahbuslar tanasida og‘ir qiynoq izlari aniqlandi
Isroil qaytargan va halok bo‘lgan falastinliklik mahbuslarning jasadlari hayvonlardek bog‘lanib, ko‘zlari bekitilar ekan ayni vaqtda dahshatli qiynoqlar va kuyish izlari borligi aniqlandi.
G‘azodagi oliy darajali yuqori tibbiy xodimning qayd etishicha, mahbuslarni almashish doirasida Isroil tomonidan qaytarib berilgan falastinlik mahbuslarning jasadlarida qiynoqlar va kuyish izlari bor.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh direktori doktor Munir al - Bursh kecha (16.10.2025) bergan bayonotida: «G‘azolik mahbuslarning jasadlari hayvonlardek bog‘langan, ko‘zlari bekitilgan, dahshatli qiynoqlar va kuyish izlari bor. Bizga shu ahvolda qaytarib berildi. Voqealar yashirin ravishda sodir etilgan vahshiyliklarning dalilidir», - dedi.
Al - Bursh jasadlardagi izlarni «yashirib bo‘lmaydigan jinoyatlar» deb ta’riflab, ko‘plab mahbusning bog‘langanidan keyin qatl etilganini oʻz soʻziga ilova etdi.
«Begunoh falastinliklarning jasadlari jallodlar shafqatsizligining guvohi bo‘lib qoldi. Chunki ular tabiiy o‘lim bilan emas, bog‘langanidan keyin qatl etildi», - degan al – Bursh aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun zudlik bilan xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qildi va yuz bergan voqealarni «to‘liq urush jinoyati» deb ta’rifladi.
Falastinlik mahbuslar matbuoti bo‘limi, qaytarilgan jasadlarning ba’zilarida organlarning o‘g‘irlanish ehtimoli borligiga ham alohida e’tibor qaratdi.
«Dastlabki maʼlumotlarga koʻra baʼzi jasadlardan inson aʼzolari oʻgʻirlangan boʻlishi mumkin; bu ogʻir jinoyatdir va ishgʻolning ham tirik ham oʻlik falastinliklarga nisbatan muntazam ravishda uyushtirilgan jinoyat ekanini ochib beradi», - deyiladi xabarda.
Matbuot boʻlimi tibbiy va sud - tibbiyot ekspertizasining guvohliklariga tayanib, qaytarilgan bir necha jasadning ko‘pchiligida qo‘llari kishanlangan, ko‘zlari bog‘langan, qattiq qiynoqlar, kuyishlar va Isroil zirhli mashinalari tomonidan ezilganligiga oid izlar borligini ta’kidladi.
«Dalillar ba’zi qurbonlar hibsga olinganidan keyin sovuqqonlik bilan qatl etilganini tasdiqlaydi, bu xalqaro gumanitar huquq va IV Jeneva konventsiyasining ochiq - oydin buzilishi», - deya qo‘shimcha qildi.
Yana ayni matbuot boʻlimi jinoyatchilarni aniqlash va ularni xalqaro sudga topshirish uchun shoshilinch ravishda, mustaqil olaroq xalqaro tergov o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Kecha, payshanba kuni ertalab G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi orqali Isroildan falastinlik 30 nafar mahbusning jasad qismlarini olgani, ularning ba’zilarida yomon muomala alomatlari borligini e’lon qildi.
O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi juma kuni kuchga kirganidan beri falastinlik kamida 120 jasadi Isroilga qaytarildi.