Gebreyesus Sudandagi ochlik yuzasidan ogohlantirdi

Tedros Adhanom Gebreyesus, Sudanning ayrim qismlarida ocharchilik aniqlangani va uning xavfi mamlakatning boshqa qismlariga, hatto Janubiy Sudanga ham ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi.

By
_

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Sudanning ayrim qismlarida davom etayotgan ocharchilik, mamlakatning boshqa qismlariga ham tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Tedros Adhanom Gebreyesus chorshanba kuni (05.11.2025) markazi AQShda joylashgan «X» ijtimoiy tarmoq platformasi orqali bergan bayonotida shunday dedi: «Sudanning ayrim qismlarida ocharchilik aniqlandi va uning xavfi mamlakatning boshqa qismlariga, hatto Janubiy Sudanga ham ta’sir qilishi mumkin. Bu, biz aytmasak ham kech qoldik degan ma’noni anglatadi. Insonlar to‘yib ovqatlanmaslik oqibatlarida jon bermoqda».

Gebreyesus uzoq davom etgan mojarolar, majburiy ko‘chirishlar, iqtisodiy beqarorlik va iqlim bilan aloqali shoklar oziq - ovqat xavfsizligini xavotirga solganini ifoda etib; mintaqaga bo‘lgan oziq - ovqat yordamini oshirish zarurligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bosh direktor: «Vaqtni behuda sarflashning hojati yo‘q lekin insonparvarlik yordamiga erishilmay turib, boshqa imkoniyatlardan foydalanish imkoni yo‘q», - dedi.

Integratsiyalashgan oziq - ovqat xavfsizligi bosqichi tasnifiga (IPC) ko‘ra hozirda Feshir va qamal ostidagi Kadugli shahrida ocharchilik e’lon qilindi.

Urush jinoyatlari

Xalqaro jinoyat sudi ham yaqinda Feshirda xabar qilingan vahshiyliklar urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar tashkil etishi mumkinligini ta’kidladi.

Harbiylashtirilgan Tezkor yordam kuchlari (RSF) Sudan armiyasiga qarshi urushining bir qismi sifatida Shimoliy Darfur shtatining poytaxti Feshir va Bara shaharlarini egallab oldi ammo tinch aholini nishonga olgani haqidagi iddaolarni rad etdi.

Sudan armiyasi va Harbiylashtirilgan Tezkor yordam kuchlari (RSF) 2023 - yilning 15 - aprelidan beri hatto mintaqaviy va xalqaro o‘rtamchilar ham to‘xtata olmagan urush ichida.

Mojaro minglab insonlarning o‘limi va millionlab insonning ko‘chib ketishiga yo‘l ochdi.