Hindistondagi to‘qnashuv paytida ko‘plab maoist isyonchi o‘ldirildi

Chhattisgarh shtatida qayd etilgan qurolli to‘qnashuvda kamida 16 nafar maoist isyonchini o‘ldirgani aytilmoqda

India’s government vows to eliminate the Maoist insurgency, which has caused ongoing violence in Chhattisgarh. / AP

Hindistonning xavfsizlik kuchlari, Chhattisgarh shtatida qayd etilgan qurolli to‘qnashuvda kamida 16 nafar maoist isyonchini o‘ldirgani aytilmoqda. Bu haqida Hindiston politsiyasi ma’lumot bo‘lishdi.

O‘ta o‘ng qanot isyonchilar, o‘nlab yildan beri hukumatga qarshi hujumlar uyushtirmoqda. Ayniqsa, Hindistonning markaziy va sharqiy hududlaridagi to‘qnashuvlarda har ikki tomondan ham qurbonlar qayd etilmoqda.

Hindiston Ichki Ishlar vaziri Amit Shah, bu isyonni butunlay yo‘q qilishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir Narendra Modining o‘tgan yili uchinchi marotaba hokimiyatga kelishidan beri xavfsizlik kuchlari bilan maoistlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar avj oldi.