Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Ozarbayjonning Gʻalaba bayrami munosabati bilan uyushtirilgan dasturda ishtirok etib yurtga qaytayotgan Prezident Erdoʻgʻan, samolyotda jurnalistlarga bayonot berdi va unda Vashingtonning oʻz majburiyatlarini bajarishidan umidvor ekanini ta’kidladi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan soʻnggi vaqtlarda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan F - 35 qiruvchi samolyot dasturi boʻyicha olib borilgan muzokaralar umid baxsh etuvchi natijalar berganini qayd etdi.
Ozarbayjonning Gʻalaba bayrami munosabati bilan uyushtirilgan dasturda ishtirok etib yurtga qaytayotgan Prezident Erdoʻgʻan, samolyotda jurnalistlarga bayonot berdi va unda Vashingtonning oʻz majburiyatlarini bajarishidan umidvor ekanini ta’kidlab oʻtdi.
F - 35larni qoʻlga kiritish mintaqada amaliyot va texnologik jihatdan Turkiya kuchiga - kuch qoʻshishini ifoda etgan Erdoʻgʻan oʻz soʻzida shuningdek: «Texnik darajadagi muzokaralar va erishilgan yutuqlar muhimdir. Albatta F - 16 va F - 35 masalasi ham bor. AQSh Prezidenti Tramp bilan oxirgi marta boʻlib oʻtgan uchrashuvlarimizda F - 35 boʻyicha samarali natijaga erishdik. Berilgan vadalarning bajarilishi va F - 35lar orqali kuchli salohiyatga ega boʻlishimizdan umidvorman», - dedi.
Eurofighterlar
Yana - da kengroq aviatsiya mavzulariga to‘xtalgan Erdo‘g‘an, Eurofighterlar boʻyicha bitim Buyuk Britaniya va Germaniya bilan yaxshi yoʻlga qoʻyilayotganini tasdiqladi.
Prezident shuningdek, Qatar va Ummon bilan muzokaralar davom etayotgani; bu esa Ko‘rfaz Arab Davlatlaridan qoʻshimcha Eurofighterlar sotib olish imkoniyatlari yo‘lini ochishini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Turkiya Prezidenti so‘zlari davomida: «Ushbu davlatlarning floti orqali Eurofighterlarni olish imkoniyati ham mavjud. Agar bu kelishuvlar amalga oshgudek boʻlsa, unda bu mamlakatimiz uchun ijobiy qadam boʻladi» - dedi.
Erdo‘g‘an mahalliy mudofaa sanoati sa’y - harakatlarni ham ta’kidlagan holda, mahalliy tashabbuslarning Turkiyaning strategik ta’siri hamda texnologik mustaqilligini yana - da mustahkam tutishiga xizmat qilishini qayd etdi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an so‘zlari yakunida: «Bu qadamlar milliy mudofaa loyihalarimiz bilan birga Turkiyaga texnologiya va havo amaliyotlarida yana - da kuchliroq salohiyatni ta’minlaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.