Pokiston harbiylari Afg‘oniston chegarasida 50 nafar terrorchini yo‘q qildi
Pokiston harbiy kuchlari Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda terrorchilar bilan separatistlarni yo‘q qilish niyatida alohida amaliyot uyushtira boshladi.
Pokiston harbiylari seshanba kuni bayonot berdi va unda qo‘shni Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda 4 kun davomida 50 nafar terrorchini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Amaliyotlar Xitoyning muhim "Bir makon, bir yo‘l" loyihalari joylashgan Balujiston viloyatining janubi -g‘arbiy qsmida amalga oshirildi.
Pokiston armiyasining payshanba kuni boshlatgan amaliyoti, ham terror tashkilotlari hamda separatist guruhlar faoliyat ko‘rsatgan Balujistonda jadal tusda davom etmoqda.
Bu ma’lumot mustaqil ravishda tasdiqlanmagan.