Isroil Suriya hududa bosqin uyushtirishni davom etmoqda
Ishg‘olchi Isroil kuchlarining Daraa viloyatining g‘arbiy qishloq hududida joylashgan Yarmuk havzasidagi Maariya va Abdin qishloqlari atrofida bosqin uıyushtirgani aytilmoqa.
Isroil Suriya mustaqilligini ko‘rmaslikka olishni davom etar ekan, mamlakat janubidagi Daraa viloyati qishloqlarida joylashgan Yarmuk havzasi hududiga kirib bordi.
Suriya Arab axborot agentligi (SANA) mavzu haqida kecha xabar berishicha, ishg‘olchi Isroil kuchlari Daraa viloyatining g‘arbiy qishloq hududida joylashgan Yarmuk havzasidagi Maariya va Abdin qishloqlari atrofida bosqin uıyushtirgan.
Agentlik Maariya va Abdin qishloqlari hokimi Muvaffaq Mahmudga tayanib, mahalliy vaqt bilan soat 06:00 dan 08:00 gacha (GMT bo‘yicha 03:00–05:00) ikki qishloq orasidagi hududga 20 nafar askar, uchta Hilux rusumli avtomobil va bitta harbiy jip joylashtirilgani, keyin esa ularning hududdan chiqib ketganini ma’lum qildi.
Mazkur hodisa yuzasidan Isroil tomoni hozircha hech qanday bayonot bermadi.
Isroil kuchlari deyarli har kuni Suriya hududiga ayniqsa Qunaytra viloyati qishloqlariga bostirib kirib, tinch aholini qo‘lga olmoqda. U yerda nazorat - o‘tkazish punktlari o‘rnatar ekan, bunga qo‘shimcha ravishda nomi tilga olingan nuqtadan o‘tayotgan shaxslarni so‘roq qilib, qishloq xo‘jaligi yerlariga ziyon yetkazmoqda.
2024 - yilning oxirida Bashar al - Asad rejimi qulashi ortidan Isroil 1974 - yili imzolangan Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni buzib, qurolsizlantirilgan tampon hududni egalladi va Suriyaning Go‘lan tepaliklaridagi ishg‘olini yana - da kengaytirdi.