Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Anqaraga keldi
Shavkat Mirziyoyev Prezident Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtirdi.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan bugun Turkiyaga keldi. Prezident Erdo‘g‘an mehmon bo‘lib kelgan hamkasbini avval Esenbo‘g‘a aeroportida, keyin esa Beshtepedagi qarorgohida tantanali marosim bilan kutib oldi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlar bilan birga mintaqaviy va global masalalar ham muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevni olib kelgan samolyot Anqaraga qo‘ndi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyevani Esenbo‘g‘a aeroportida kutib oldi.
Ikki davlat rahbari Turkiya - O‘zbekiston Yuqori darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazadi. Yig‘ilishda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatlar batafsil ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, ikki liderning o‘zaro va delegatsiyalararo uchrashuvlari ortidan matbuot anjumanida bayonot berishlari ham kutilmoqda.