Putin suriyalik rasmiylar bilan strategik hamkorlikni muhokama qildi
Rossiya Davlat rahbari, Isroil tomonidan qo‘l urilayotgan buzg‘unchilik harakatlariga qarshi Suriya hukumatini qo‘llab - quvvatlashini takrorladi.
Suriya rasmiy axborot agentligi SANA xabariga ko‘ra Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Moskva shahrida Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asaad ash - Shayboniy va Mudofaa vaziri Murhaf Abu Kasra bilan uchrashuv o‘tkazdi.
SANA ma’lumotiga ko‘ra kecha (23.12.2025) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro manfaatli bo‘lgan qator siyosiy, harbiy va iqtisodiy masalalar muhokama qilindi. Ayniqsa, harbiy va mudofaa sanoati sohalaridagi strategik hamkorlikka alohida urg‘u berildi.
Agentlik xabariga ko‘ra muzokaralarda iqtisodiy va savdo hamkorligini kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan qayta tiklash loyihalarini qo‘llab - quvvatlash, infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, Suriyaga investitsiyalarni rag‘batlantirish, savdo hajmini oshirish va hamkorliklarni yengillashtirish kabi chora - tadbirlar muhokama qilindi. Ushbu qadamlar Suriya iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va aholining yashash sharoitlarini yaxshilashi kutilayotgani ta’kidlandi.
Yana SANA xabariga ko‘ra, Putin Rossiyaning Suriyaga bo‘lgan qat’iy qo‘llab - quvvatlovini yana bir bor tasdiqlagan. Shunga qo‘shimcha ravishda Suriya hududiy yaxlitligi va to‘liq mustaqilligini saqlab qolish muhimligini qayd etib, mamlakatni bo‘lish yoki mustaqil milliy qaror qabul qilish jarayonlarini zaiflashtirishga qaratilgan har qanday loyihalarni rad etgan.
Putin Isroilning qonunbuzarliklariga qarshi Suriyani qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor takrorladi
Shuningdek, Moskva,Isroilning Suriya hududlariga nisbatan uyushtirgan bosqinlarini mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik uchun bevosita tahdid deb baholagan holda bunday harakatlarni qat’iyan rad etishiga yana bir bor e’tibor qaratdi.
Uchrashuv Suriya Prezidenti Ahmed ash - Sharaaning 15 - oktabr kuni Moskvaga uyushtirgan tashrifidan keyin qayd etildi. Mazkur tashrif 2024 - yil oxirida sobiq prezident Bashar al - Asad lavozimidan chetlatilgach amalga oshirilgan ilk tashrif sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.
Bashar al - Asad qariyb 25 yillik hokimiyat ortidan, 2024 - yilning 8 - dekabrida Rossiyaga qochib ketdi. Bu esa 1963 - yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Baas partiyasi rejimining yakunlanishiga olib keldi.