Turkiya Isroilning Suriya janubini nishonga olgan hujumini qoraladi

Turkiya, Isroilning Suriya janubidagi harbiy infratuzilmani nishonga olgan hujumini keskin qoraladi.

By
_

Turkiya, Isroilning Suriya janubidagi harbiy infratuzilmani nishonga olgan hujumini qoralab, buni xavfli keskinlashuv sifatida baholadi.

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida juma kuni (20.03.2026) berilgan bayonotda ushbu hujum xalqaro huquqni buzgani, Suriya mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga ziyon yetkazishi qayd etildi.

Vazirlik, xalqaro hamjamiyatni Isroilning hujumlarini to‘xtatish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga chaqirar ekan, 1974 - yilgi Kuchlarni Ajratish kelishuvi ijrosining ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Bayonotda; Turkiya bugungacha bo‘lgani kabi bundan buyon ham Suriyaning hududiy yaxlitligi, birligi va mustaqilligi asosida mamlakatda barqaror xavfsizlik va tinchlik o‘rnatilishi uchun Suriya hukumati va xalqi bilan birdamlikni davom ettirishini ta’kidladi.

Isroil armiyasi avvalroq bergan bayonotida, Suriya janubida Damashq boshqaruvidagi harbiy bazalarda joylashgan bir qo‘mondonlik markazi bilan qurol omborlari nishonga olinganini ma’lum qilgan edi.

Suriya Tashqi Ishlar vazirligi ham harbiy infratuzilmani nishonga olgan ushbu hujumni qoraladi.