DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya bilan Ukraina tuni bo‘yi davom etgan hujumlarni bir - biriga to‘nkamoqda
Buyuk Britaniya 2026 - yili Ukrainaga berilayotgan yordamni oshirish va Ukraina mudofaasini kuchaytirish niyatida yangi taktik ballistik raketalar ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
Rossiya bilan Ukraina tuni bo‘yi davom etgan hujumlarni bir - biriga to‘nkamoqda
_

Rossiya bilan Ukraina dushanba kuni tuni bo‘yi davom etgan va ikki mamlakatdagi energetika infratuzilmasini nishonga olgan havo hujumlarini uyushtirish ishlarini bir - biriga to‘nkamoqda.

Ukraina ommaviy axborot vositalari Rossiyaning Rostov viloyatidagi Novocherkassk elektr energiyasi stansiyasiga qarshi Ukraina tomonidan insonsiz havo vositalari orqali hujum uyushtirganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Ukraina Rossiyani, Odessa viloyatidagi infratuzilma obyektlarini nishonga olishda aybladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Rostov viloyatida Ukrainaga tegishli oltita insonsiz havo transporti urib tushirilganini ma’lum qildi ammo elektr stansiyasiga ziyon yetib - yetmagani haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

Shu bilan birga Rossiya ommaviy axborot vositalari obyektga ziyon yetkazilganini tasdiqlab, qulagan insonsiz havo vositalari qoldiqlari stansiyaning bir qismida yong‘in kelib chiqishiga yo‘l ochganini bildirdi.

Davom etayotgan janglar yuzasidan tomonlarning o‘zaro iddaolarini mustaqil ravishda tasdiqlash hozircha qiyin.

Britaniya raketalari Ukrainani jangovar holatda ushlab turadi

Bu orada Buyuk Britaniya 2026 - yili Ukrainaga berilayotgan yordamni oshirish va Ukraina mudofaasini kuchaytirish niyatida yangi taktik ballistik raketalar ishlab chiqarilishini e’lon qildi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi yakshanba kuni kechasi mavzu haqida bergan bayonotida, Project Nightfall loyihasi doirasida, Ukraina uchun 200 kg (440 funt) og‘irlikdagi jangovar kallakni 500 kilometrdan (310 mil) ortiq masofaga eltishga qodir yerga joylashtiriladigan ballistik raketalarni tezkor ishlab chiqish bo‘yicha tanlov boshlatilganini ma’lum qildi.

Ushbu tashabbus Buyuk Britaniyaning mudofaa sanoatini mustahkamlash, innovatsiya va o‘sishni qo‘llab - quvvatlash, shuningdek Rossiyaga qarshi urush olib borayotgan Ukrainaga 2026 - yilgacha yordam berish ishlarini kengaytirishni maqsad qilgan.

Dastur doirasida har bir raketaning maksimal narxi 800 ming funt sterling (1 million dollar) etib belgilangan bo‘lib, Ukrainaga xorijiy eksport nazoratlari minimal bo‘lgan, kuchli va tejamkor uzoq masofali zarba berish imkoniyati taqdim etilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

 

Boxabar bo'ling!
Qatar, Misr va Iordaniya Eronning arab davlatlariga hujumini qoraladi
Putin: Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmoqda
Amerikalik muhandis Apple kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlandi
Nepaldagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1130 nafarga yetdi
Ispaniyada issiq tufayli 5 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi
Isroil G'arbiy Sohilda harbiy bazasini kengaytirish uchun Falastin yerlarini musodara qilmoqda
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Putin, Shi va Pezeshkiyan Qirg‘izistondagi sammitda qatnashadi
Nepalda suv toshqini va ko‘chkilarda 623 kishi halok bo‘ldi, 1 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Si, Putin va Modi Bishkekda uchrashadi: Yevrosiyo yetakchilari SHHT sammiti uchun Qirg‘izistonda
CIA direktori Retkliff Rossiyani Ukraina bilan kelishuvga chaqirdi
G‘azodagi 20 ta uy xarobasidan 233 falastinlikning jasadi chiqarildi
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
Eron: “Dengiz qamali davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlariga kuchli zarba beramiz”
Nepal–Tibet suv toshqinlarida 472 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda sel va yer ko‘chkilari:  270 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi bedarak yo‘qoldi
Netanyahu xalqaro bosimlarga qaramay G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytiradi