Erdo‘g‘an va Kobaxidze Gruziyadagi samolyot halokati yuzasidan hamkorlikni muhokama qildi
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an va Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze, Gruziyada 20 kishi bo‘lgan C-130 harbiy yuk samolyoti qulaganidan so‘ng telefon orqali suhbatlashdilar.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Recep Tayyip Erdo’g’an va Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze seshanba kuni Gruziyada qulagan turk harbiy yuk samolyotiga oid qidiruv-qutqaruv ishlarining so‘nggi holatini muhokama qildilar.
Turkiya Aloqa boshqarmasi (Kommunikatsiyalar boshqarmasi) turk ijtimoiy tarmog‘i NSosyalda bildirganiga ko‘ra, Kobaxidze telefon suhbatida halokatda hayotini yo‘qotgan askarlar uchun ta’ziya izhor etgan.
Erdo’g’an esa Kobaxidze’ga ta’ziya va ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.
Turkiyaga qarashli C-130 harbiy yuk samolyoti, Ozarbayjondan Turkiyaga uchayotgan paytda Gruziya hududida qulab tushgan edi.
Turkiya Mudofaa vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, samolyotda parvoz ekipaji bilan birga jami 20 kishi bo‘lgan.
Halokatdan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Vazirlik keyinchalik bergan bayonotida shunday dedi:
“Ozarbayjon–Gruziya chegarasida qulagan harbiy yuk samolyotimizning vrakida qidiruv-qutqaruv va halokatni o‘rganish guruhi tomonidan Gruziya rasmiylari bilan hamkorlikda soat 06:30 da ish boshlandi.”