BMT Darfurdagi tinch aholi chekayotgan azoblarga e’tibor qaratdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sudanning Shimoliy Darfur shtatidagi tinch aholi chekayotgan azoblarni «so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan» deb baholadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yordam ko‘rsatish egentligi vakili, Sudanning Shimoliy Darfur shtatidagi o‘z uy - joyidan mahrum qilingan tinch aholi chekayotgan azoblarini «so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan» deb ta’riflar ekan; qochib qutulganlarning yarmidan ko‘pi yosh bolalar ekanini qayd etdi.
BMT Bosh kotibining Gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va Favqulodda yordam koordinatori Tom Fletcher yakshanba kuni (16.11.2025) mavzu haqida «X» ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida: «Taviladagi azoblarni so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi. Qochganlarning yarmidan ko‘pi bolalardir», - dedi.
Fletcher: «Hujumdan omon qolganidan keyin lagerga kirgan yarador ayol yonida o‘rto‘g‘ining ochlikdan holdan toygan bolasini ko‘tarib olib, dunyodan yordam keladimi - yo‘qmi deb so‘ramoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
BMTning yordam agentligi tomonidan Facebook orqali berilgan ma’lumotga ko‘ra Fletcher Tavilaga tashrif buyurgan va atigi bir necha hafta oldin Fashirdan qochgan ayollar bilan uchrashgan.
Fletcher o‘z uy - joyidan ko‘chirib yuborilgan sudanliklar vahshiy zo‘ravonlik izlariga ma’ruz qolgani ammo dunyo ularni himoya qilmayotganiga e’tibor qaratgan holda «Biz yaxshiroq yo‘l tutishimiz kerak», - dedi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar Ishlarni muvofiqlashtirish idorasi ma’lumotiga ko‘ra Fletcher, G‘arbiy Darfurdagi Jineyna va O‘rta Darfurdagi Zalinjaga ham tashrif uyushtirgan.
Hafta boshida Fletcher, mamlakat sharqidagi Port Sudanga uchib bordi va Sudan O‘tish mustaqillik kengashi raisi Abdulfattoh al - Burhon bilan uchrashdi.
Tashvishli raqamlar
Xalqaro Migratsiya Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra joriy yilning 26 - oktabridan beri Fashir va uning atrofidagi qishloqlardan ko‘chirilganlarning umumiy soni 99 ming nafardan oshgan.
O‘tgan oy paramilitar Tezkor Qo‘llab - quvvatlash kuchlari Shimoliy Darfur poytaxti Fashirni egallab olgan va undan keyin mintaqada qatliomlar boshlatgani iddao etilgandi.
Bu guruh Sudanning 18 viloyatidan beshtasini, Darfurni to‘liq nazorat qilayotgan bo‘lsa armiya poytaxt Xartum doxil qolgan 13 viloyatning ko‘p qismiga hukmronlik qilmoqda.
Darfur, Sudan hududlarining taxminan beshdan bir qismini tashkil qiladi; biroq 50 million nafar aholining yirik qismi armiya nazoratidagi hududlarda yashaydi.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra 2023 - yilning aprelida boshlagan armiya bilan Tezkor Qo‘llab - quvvatlash kuchlari jangarilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar kamida 40 ming kishining halok bo‘lishiga, 12 million kishining ko‘chirilishiga yo‘l ochdi.