Rossiya, Trampsiz “Tinchlik Kengashi” loyihasini BMTga kiritdi
Rossiyaning loyihasi BMT Bosh kotibidan G‘azzo uchun xalqaro barqarorlik kuchi (ISF) variantlarini taqdim etishni talab qiladi va AQShning vaqtinchalik boshqaruv organi sifatida ilgari surgan “Tinchlik Kengashi” haqida hech narsa demaydi.
Rossiya, AQSh Prezidenti Donald Trampning G‘azzo tinchlik rejasini tasdiqlovchi rezolyutsiya loyihasini Xavfsizlik Kengashidan o‘tkazish bo‘yicha Vashington tashabbusiga javoban, G‘azzo bo‘yicha o‘z rezolyutsiya loyihasini taqdim qildi. Bu haqda Reuters ko‘rgan hujjatda aytiladi.
AQSh o‘z loyihasini o‘tgan hafta Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosiga rasmiy ravishda tarqatdi. Unda ikki yillik o‘tish davri boshqaruv organi va xalqaro barqarorlik kuchiga (ISF) vakolat berilishi ko‘zda tutiladi. AQSh loyihaning mintaqaviy qo‘llov topganini bildirdi.
Rossiyaning BMT missiyasi Kengash a’zolariga yuborgan xatida “bizning qarshi taklifimiz AQSh loyihasidan ilhomlangan” deb yozgan.
“Loyihamizning maqsadi — Xavfsizlik Kengashiga barqaror to‘qnashuvsizlikka erishish uchun muvozanatli, maqbul va umumiy yondashuv ishlab chiqish imkonini berishdir”, deyiladi xatda.
Reuters ko‘rgan Rossiya loyihasida BMT Bosh kotibidan G‘azzo uchun xalqaro barqarorlik kuchi variantlarini tayyorlab kiritish so‘raladi. Unda AQSh taklif qilgan vaqtinchalik boshqaruv organi — “Tinchlik Kengashi” tilga olinmagan.
AQSh loyihasida bo‘lajak Falastin davlati haqida gap boradi
AFP ko‘rgan yana bir uchinchi loyiha Tramp nazariy jihatdan raislik qilishi mumkin bo‘lgan va 2027-yilgacha vakolati davom etadigan G‘azzo uchun vaqtinchalik boshqaruv organi — “Tinchlik Kengashi”ning tuzilishini “mamnuniyat bilan qabul qiladi”.
Loyiha, a’zo davlatlarga Isroil va Misr bilan hamkorlik qilib, chegaralarni nazorat qilish va G‘azzoni qurolsizlantirishda yordam beradigan “o‘tish davriga oid Xalqaro Barqarorlik Kuchlari (ISF)”ni tuzish vakolatini beradi. Yangi tayyorlangan Falastin politsiyachilari ham shu tuzilmada xizmat qiladi.
ISF, shuningdek, davlat bo‘lmagan qurolli guruhlarning qurolini butunlay yo‘q qilish, tinch aholining xavfsizligini ta’minlash va gumanitar yo‘laklarning himoyasini kafolatlash bilan shug‘ullanadi.
Avvalgi loyihalardan farqli ravishda, so‘nggi loyihada kelajakda Falastin davlati tuzilishi ehtimoli tilga olinadi.
Falastin Ma’muriyati zarur islohotlarni amalga oshirgandan va G‘azzo qayta qurilishi boshlangandan keyin, “Falastinning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi hamda davlat bo‘lishi uchun ishonchli yo‘l xaritasi shakllanishi mumkin”, deyiladi.
Shuningdek: “Qo‘shma Shtatlar Isroil va Falastinlar o‘rtasida tinch va farovon birgalikda yashash uchun siyosiy istiqbol bo‘yicha muloqot boshlaydi”, degan jumla ham bor.
AQShning BMT missiyasi Xavfsizlik Kengashini Vashington loyihasi bilan oldinga siljishga chaqirdi. Aks holda Falastinlarnı “og‘ir” oqibatlar kutishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
“Bu rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha kelishuv davom etayotgan bir paytda nizolar urug‘ini sochishga urinish — Falastinlarnı og‘ir, aniq va butunlay oldini olish mumkin bo‘lgan oqibatlarga olib keladi”, dedi AQSh missiyasi vakili.
“Sulh juda nozik. Kengash birlikda bo‘lishi va mo‘ljallangan tinchlikka erishish uchun harakat qilishi zarur”, deya qo‘shimcha qildi vakil. Bu jarayon “Yaqin Sharqda doimiy tinchlikka yo‘l ochishi mumkin bo‘lgan tarixiy lahza” sifatida ta’riflandi.
Isroil va Falastin qarshilik guruhlari oktyabr oyida Trampning G‘azzo bo‘yicha 20 banddan iborat rejasining birinchi bosqichi — ikki yillik sulh va asirlar almashinuvi kelishuvida rozi bo‘lgan edi.
Mazkur 20 bandli reja AQSh rezolyutsiya loyihasiga qo‘shilgan.
Tramp G‘azzo uchun amerika askarlari yuborilmasligini qat’iy aytgan bo‘lsa-da, rasmiylar taxminan 20 ming askardan iborat kuch tasvirini bergan va Indoneziya, Pokiston, BAA, Misr, Qatar, Turkiya va Ozarbayjon bilan ularning qo‘shilishi bo‘yicha muzokara olib borgani ma’lum qilgan edi.