Turkiya ayrim e'tirozlariga qaramay Suriya – YPG kelishuvini qo‘llab - quvvatlamoqda
Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Turkiya ayrim e'tirozlariga qaramay, Suriya – YPG kelishuvini qo‘llab - quvvatlashini ma'lum qildi.
Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanning qayd etishicha, Turkiya ayrim e’tirozlariga qaramay, 18 - yanvar kuni Suriya hukumati bilan SDF o‘rtasida erishilgan kelishuvni, xuddi 10 - martdagi kelishuvni qo‘llab - quvvatlagandek qo‘llab - quvvatladi.
Hakan Fidan seshanba kuni Anadolu agentligi va TRTga bergan bayonotida: “Biz uchun eng muhimi — kelishuvning borligidir”, - dedi.
Turkiyaning ma’lum e’tirozlari borligini ta’kidlagan Fidan, shunga qaramay siyosiy yondashuv doirasida bu e’tirozlarni bir chetga surib, kelishuvni qo‘llab - quvvatlashni ma’qul ko‘rganlarini bildirdi.
Fidan shuningdek: “(Suriya) Prezident (Ahmad) al - Shara tomonidan chiqarilgan farmon uzoq yillar davomida Asad davrida ayrim huquqlardan mahrum bo‘lgan kurd birodarlarimizga huquqlar berilishi nuqtayi nazaridan nihoyatda muhimdir”, - dedi.
Nomi tilga olingan farmon ham madaniy huquqlarni kafolatlash, ham da fuqarolarning o‘zlarini jamoat hayotida yana - da xavfsiz va jamiyat bilan birga his qilishlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Jiddiy xavfsizlik buzilishi
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan YPG terror tashkilotining ozod qilingan DEASh a’zolari bilan bog‘liq olib borayotgan manipulyatsiyalarini Anqara katta xijolatchilik bilan kuzatayotganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.
Suriya Ichki Ishlar vazirligi esa YPG terror tashkilotining mamlakatning shimoli - sharqidagi Hasaka viloyatida joylashgan al - Shaddadi qamoqxonasidan DEASh mahbuslarini ozod qilishini Suriya bosh bo‘lish bilan birga mintaqa va dunyo xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligiga e’tibor qaratgan edi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra ozod qilingan 120 nafar DEASh mahbusidan 81 nafari seshanba kuni yana qo‘lga olingan.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, shuningdek, yaqinda AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrack bilan uchrashib, uning Damashqdagi muzokaralardan olgan taassurotlarini muhokama qilganini bildirdi. Bu borada: “Biz Turkiya sifatida konstruktiv tusda rol o‘ynashda davom etishini ta’kidladik. Ular ham bu sa’y - harakatlarni qabul qildi va yuqori baholadi”, - dedi.
To‘liq integratsiya kelishuvi
Yakshanba kuni oqshomida al - Shara o‘t ochishni to‘xtatish va SDFning davlat muassasalariga to‘liq integratsiyasini nazarda tutuvchi kelishuv haqida ma’lumot bo‘lishgandi.
Ushbu kelishuvga ko‘ra SDF o‘zining harbiy kuchlarini Firot daryosining sharqiga olib chiqadi va Raqqa bilan Dayr az - Zor viloyatlaridagi ma’muriy va xavfsizlik nazoratini Suriya davlatiga topshiradi.
Shuningdek, kelishuv SDFga qarashli harbiy va xavfsizlik xodimlarini individual xavfsizlik tekshiruvlari ortidan Suriya Mudofaa va Ichki Ishlar vazirliklari tarkibiga integratsiya qilishni; chegara o‘tkazish punktlari, neft va gaz konlari ham da fuqarolik muassasalarini hukumat nazoratiga topshirishni ko‘zda tutadi.
Mazkur bayonot Suriya armiyasi tomonidan boshlangan va qariyb bir yil avval Damashq bilan imzolangan oldingi kelishuvlarning terrorchi YPG tomonidan qayta - qayta buzilishi ortidan, mamlakatning sharqiy va shimoli - sharqiy hududlarida keng maydonlar yana nazoratga olingan harbiy amaliyot ortidan qayd etildi.