Aroqchi AQShning Eron haqidagi iddaolarini rad etdi

Abbos Aroqhchi AQShning, Eron tomonidan AQSh yoki uning kuchlariga qarshi hujum uyushtirilishi rejalashtirilayotgani haqidagi iddaolarni rad etdi.

By
_

Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqhchi AQShning, Eron tomonidan AQSh yoki uning kuchlariga qarshi hujum uyushtirilishi rejalashtirilayotgani haqidagi iddaolarni rad etib, mazkur iddaolar butunlay yolg‘on ekanini qayd etdi.

Abbos Aroqchi «X» ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postida, Eron tomonidan AQSh yoki AQSh kuchlariga qarshi hujum uyushtirishi rejalashtirilayotgani haqida chiqqan mish - mishlar yoki iddaolar butunlay yolg‘on ekanini qayd etdi. Nomi tilga olingan iddaoning «Operation Epic Mistake»ni oqlashga xizmat qilishini; buning esa Isroil tomonidan rejalashtirilgan va oddiy amerikaliklar hisobidan moliyalashtirilgan noxush sarguzasht ekaniga e’tibor qaratdi.

Mintaqadagi keskinlik, Isroil bilan AQShning Eronga qarshi birgalikda hujum uyushtirishi orqali avj oldi.

Tehron esa Isroil, Iordaniya, Iroq va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi AQSh harbiy obyektlari joylashgan hududlarga dron va raketa zarbalari bilan javob qaytirdi.

Tinch aholiga oid taxminan 10 000 nuqta nishonga olindi

Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisining aytishicha, AQSh bilan Isroilning birgalikda uyushtirgan zarbalari, urush boshidan beri 1 ming 300 nafardan ortiq tinch aholi umriga zomin bo‘ldi.

Nomi tilga olingan elchining aytishicha, zarbalar ataylab mamlakatdagi barcha harbiy bo‘lmagan infratuzilmani nishonga olar ekan; hozirgacha 9 ming 669 ta harbiy bo‘lmagan ob’ektini vayron qildi.

BMT elchisi hujumlar shuningdek 32 ta tibbiy muassasa, 65 ta maktab, 13 ta Eron Qizil Yarim oy jamiyatiga tegishli bino va bir qancha energetika obyektlariga ziyon yetkazganini ma’lum qildi.

Tehron va boshqa shaharlardagi yonilg‘i omborlari ham nishonga olingani, bu esa zaharli chiqindilarning tarqalishiga olib kelishi mumkinligi, oqibati esa ayniqsa bolalar sog‘ligi uchun jiddiy xavfi tug‘dirishini ifoda etdi.

Eron shuningdek portlashlardan kelib chiqqan ifloslanish, aholi uchun katta sog‘liq muammolarini keltirib chiqargani haqida ogohlantirdi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, hujumlar yoki zarbalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti sharti va 1961 - yildagi Vena diplomatik munosabatlar konventsiyasini buzdi.