Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi AQSh roliga e'tibor qaratdi

Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta'minlashda AQSh roliga e'tibor qaratdi.

By
_

AQSh Prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Eron bilan yangi erishilgan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi ortidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi harakatlar zichligiga AQSh yordam berishini ma’lum qildi.

Mavzu haqida Truth Social platformasida post qoldirgan Tramp: “Juda ijobiy qadamlar bo‘ladi! Katta mablag‘lar topiladi. Eron qayta tiklanish jarayonini boshlashi mumkin. Har qanday materialni yuklab, hamma narsa tartibda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun u yerda turamiz” - dedi.

Seshanba kuni Eronga qarshi bombardimonlarni ikki haftaga to‘xtatishni qabul qilganini e’lon qilishdan oldin, Tramp Eronga Sharqiy vaqt bilan 20:00 (chorshanba 00:00 GMT) gacha Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochishi va kelishuvga erishishi uchun vaqt bergan; aks holda, infratuzilmasiga qarshi hujumlar bo‘lishini bildirgan edi.

AQSh Prezidenti ushbu vaziyatni potentsial “Yaqin Sharqning Oltin davri” deb atab, hayotiy ahamiyatga ega dengiz yo‘lini xavfsizligini ta’minlash uchun AQShning sa’y-harakatlari davom etishini bildirgan.

AQSh va Isroil joriy yilning 28 - fevralidan beri Eronga qarshi havo hujumlari uyushtirar ekan, oqibatida 1 ming 340 nafardan ortiq inson halok boʻldi. Ular orasida, Eronning sobiq diniy lideri Ali Hamaney ham bor edi.

Eron esa bunga javob tariqasida insonsiz havo transporti va raketalar orqali Isroil bilan birga Iordaniya, Iroq va AQSh harbiy kuchlari joylashgan Fors koʻrfazi mamlakatlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirdi.

Hujumlar insonlarning halok boʻlishiga va infratuzilmalarning ziyon koʻrishiga yoʻl ochar ekan, global bozorlar va aviatsiya sohasiga ham salbiy ta’sir koʻrsatdi.