Turkiya Ahmad Sharaa bilan Enes Xattobni sanksiyalar roʻyxatidan chiqarilishini qoʻllab - quvvatladi

Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining Ahmad Sharaa bilan Enes Xattobni sanksiyalar roʻyxatidan chiqarilishini qoʻllab - quvvatladi.

By
_

Turkiya, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining Suriya Prezidenti Ahmad Shara bilan Ichki Ishlar vaziri Enes Xattobni sanksiyalar roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorini xursandchilik bilan qarshi oldi.

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Oʻnju Kecheli mavzu haqida bugun (07.11.2025) bergan bayonotida: «Biz Suriya Prezidenti Ahmad Shara bilan Ichki Ishlar vaziri Enes Xattobni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining tegishli sanksiyalar roʻyxatidan chiqarib tashlagan 2799 (2025) sonli BMTXKning rezolyutsiyasini xursandchilik bilan qabul qilamiz», - dedi.

Kecheli shuningdek: «Ortda qolgan davrning hozirgi Suriya yetakchiligi va xalqiga salbiy ta’sirini bartaraf etish, ushbu doirada sanksiyalarni toʻliq bekor qilish va Suriyaning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi va mamlakatda muntazam barqarorlik va rivojlanishni oʻrnatish yoʻlini ochish uchun shu va shunga oʻxshash qadamlarni qoʻllab - quvvatlashni davom etamiz». - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi kecha (07.11.2025) Suriya Prezidenti Ahmad Sharaa bilan Ichki Ishlar vaziri Enes Xattobni DEASh va al - Qoida sanksiyalari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qildi.

AQSh tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiya 14 ovoz bilan qabul qilindi, Xitoy esa betaraf qoldi.

Oʻtgan 2024 - yilning 8 - dekabrida Bashar al - Assadni agʻdargan rejimga qarshi kuchlar yetakchisi Ahmad Sharaa shu yilning yanvar oyi oxirida oʻtish davri prezidenti deb e’lon qilindi.

Shara mamlakatni qayta tiklash va barqarorlikni ta’minlashga va’da berdi.