Ahmad ash-Shara “kuchli Suriya” davlatini barpo etishga va’da berdi
Ahmad ash-Shara Damashqdagi Umaviylar masjidida bomdod namozini o‘qigach, xalqqa murojaat qildi.
Suriya Prezidenti Ahmad ash-Shara mamlakatining “hozirgi va o‘tmishiga munosib” Suriya Arab Axborot Agentligi (SANA) xabariga ko‘ra, Suriya Prezidenti Ahmad ash-Shara mamlakatining “buguni va o‘tmishiga munosib” qayta qurilish davrining yangi bosqichiga kirayotganini ta’kidladi. Bu bayonot Esad rejimining ag‘darilishining birinchi yilligiga to‘g‘ri keldi.
Dushanba kuni Damashqdagi Umaviylar masjidida bomdod namozidan so‘ng, harbiy forma kiygan Shara suriyaliklarga murojaat qildi:
“Bizning yo‘limizga hech kim, qanchalik katta bo‘lmasin, to‘sqinlik qila olmaydi. Hech qanday to‘siq bizni to‘xtata olmaydi va biz birgalikda, Allohning izni bilan, har qanday qiyinchilikni yengib o‘tamiz. Shimoldan janubga, sharqdan g‘arbga qadar, inshaalloh, Suriyani buguniga, o‘tmishiga va buyuk merosiga munosib tarzda yana kuchli qilib qayta quramiz!”
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, keyingi bosqichning asosiy vazifasi “himoyaga muhtojlarga ko‘mak berish va xalq orasida adolatni ta’minlash” bo‘ladi.
SANA’ning bildirishicha, Shara Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salman topshirgan Kaʼba kisvasining bir qismini Damashqdagi Umaviylar masjidiga joylashtirdi.
Qariyb 25 yil davomida Suriyani boshqargan Bashar al-Asad o‘tgan yil dekabr oyida Rossiyaga qochgan va 1963 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Baas partiyasi rejimi tugatilgan edi. Sharaning yangi o‘tish davri hukumati yanvar oyida tuzildi.
Yaxshiroq kelajak sari
Suriyaliklar 61 yillik Baas rejimining ag‘darilishining birinchi yilligini bayramlar va mamlakatning erkin, xavfsiz davlatga aylanishiga bo‘lgan umid bilan kutib olishmoqda.
Poytaxt Damashq aholisi, ag‘darilgan Bashar Asad rejimi davrida duch kelgan qiyinchiliklar ortda qolganini aytib, yangi rahbariyatning Suriyani ayniqsa erkinlik, iqtisodiyot va xavfsizlik borasida yaxshiroq kelajakka yetaklashiga ishonch bildirdi.
Asad rejimining qulashi ortidan tuzilgan yangi hukumat elektr energiyasi va davlat xizmatchilari maoshi kabi asosiy xizmatlarni tiklash yo‘lida qadamlar tashladi va aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi qarorlarni amalga kiritdi.
Iyunda e’lon qilingan prezident farmoniga ko‘ra, davlat xizmatchilari maoshi 250 ming Suriya funtidan (o‘sha paytda taxminan 15 dollar) 750 ming funtga (taxminan 65 dollar) ko‘tarildi.
Bundan tashqari, 14 yillik bombardimonlar davomida og‘ir zarar ko‘rgan elektr tarmog‘ida ta’mirlash va qayta tiklash ishlari boshlandi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, asosiy ishlab chiqarish inshootlaridagi ishlar, Ozarbayjondan yetkazilgan tabiiy gaz va Turkiya yordami bilan ishlab chiqarish quvvatini oshirishga imkon berdi.
Eski hukumat davrida elektr kuniga atigi bir necha soat berilardi, yangi choralar bilan esa ta’minot tezda kuniga 8–10 soatga ko‘tarildi.
Shuningdek, Halab, Hims va Damashq kabi yirik shaharlarda 15 yildan buyon ilk bor sinov tariqasida uzluksiz 24 soatlik elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yildi. Sednaya, Mezzeh harbiy qamoqxonasi va Xatib kabi Suriya xalqining xotirasida qorong‘u iz qoldirgan qamoqxonalarning doimiy ravishda yopilgani e’lon qilindi.