Polsha havo sohasi xavfsizligini ta’minlash payida

Polsha, havo sohasi xavfsizligini ta’minlash niyatida mamlakatning janubi - sharqidagi Jeshuv va Lublin aeroportlarini vaqtincha yopdi.

By
_

Polsha Qurolli kuchlarining ma’lum qilishicha Rossiya tomonidan Ukrainaning g‘arbiga, boshqacha qilib aytganda Polsha chegarasiga yaqin hududlarga qarshi havo hujumlari uyushtirildi. Ushbu hujum ortidan havo sohasining xavfsizligini ta’minlash maqsadida nomi tilga olingan hududga samolyotlar yuborildi.

Amaliyotlar qo‘mondonligi chorshanba kuni (19.11.2025) «X» orqali bergan bayonotida: «Tezkor javob qaytarish shtabi bilan erta ogohlantiruvchi samolyot havoga ko‘tarildi. Yerga joylashtirilgan havo mudofaasi bilan radar tizimlari eng yuqori ogohlik holatiga keltirildi», - dedi.

GMT 04:00 holatiga ko‘ra Ukraina Harbiy - havo kuchlarining Rossiyaning raketa va dron hujumlariga oid ogohlantirishlari ortidan, deyarli butun Ukrainada havo xavfi signali berildi.

Polsha Havo Harakati xizmatlari agentligi, mamlakatning janubi - sharqidagi Jeshuv va Lublin aeroportlari vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.

Yuqorida nomi tilga olingan agentlik bayonotida shuningdek: «Harbiy aviatsiya o‘z faoliyatini erkin yurita olishi uchun Jeshuv va Lublin aeroportlari vaqtincha yopildi», - degan ifodalarga o‘rin berildi.