Erdo‘g‘an musulmon davlatlarni Sudandagi qirg'inni to'xtatishga chaqirdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an Sudanning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlash zarurligini ta’kidladi.

"No one who carries a heart in their chest, not a stone, can accept massacres against civilians in Sudan's Al Fasher in recent days", he says.

Prezident Erdo’g’an dushanba kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Iqtisodiy va Savdo Hamkorligi Doimiy Qo‘mitasining (ISEDAK) 41-sessiyasi ochilish marosimida nutq so‘zlab, “So‘nggi kunlarda El Fashirda tinch aholiga nisbatan sodir etilgan qirg‘inlarni yuragida tosh emas, qalb olib yurgan hech bir inson qabul qila olmaydi, bunga sukut saqlab bo‘lmaydi,” dedi.

Sudanning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini saqlash muhimligini urg‘ulagan Erdo’g’an, Sudan xalqining yonida turish zarurligini aytib, musulmon dunyosini qon to‘kilishini zudlik bilan to‘xtatish uchun mas’uliyat olishga chaqirdi.

Erdo’g’an, “Bu og‘ir kunlarda Sudan xalqining yonida bo‘lishimiz, insonparvarlik yordamlari va taraqqiyot qo‘llab-quvvatlashimizni davom ettirishimiz nihoyatda muhim,” deya qo‘shimcha qildi.

“Isroilning juda yomon obro‘si bor”
G‘azza urushi haqida so‘z yuritar ekan, Erdo’g’an Falastin qarshilik harakati Hamas o‘t ochishni to‘xtatish bitimiga qat’iy amal qilayotganini, biroq Isroilning “juda yomon bir o‘tmishiga” ega ekanini ta’kidladi.

Erdo’g’anning so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘azza o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay 200 dan ortiq begunoh insonni o‘ldirgan va G‘arbiy Sohilda bosqin hamda hujumlarini to‘xtatmagan. U, “Biz G‘arbiy Sohilning anneksiya qilinishiga ham, Quddus maqomining o‘zgartirilishiga ham, birinchi qiblamiz Masjidi Aqsoga bo‘lgan hurmatning buzilishiga ham yo‘l qo‘ya olmaymiz,” dedi.