Pezeshkiyan AQShni Eronning rivojlanishiga monelik qilishda aybladi

Mesud Pezeshkiyan Amerika Qo‘shma Shtatlarini Eron Islom Respublikasining rivojlanishiga monelik qilishda aybladi.

Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan.

Mesud Pezeshkiyan AQShni Eron Islom Respublikasining rivojlanishiga monelik qilishda aybladi.

Pezeshkiyan yakshanba kuni Fox News telekanalida efirga uzatilgan intervyusida, takror yoʻlga qoʻyilgan xalqaro sanksiyalarga qaramay Eronning yadro qurollari payida emasligini qayd etdi.

«Biz hech qachon tinchlikni ko‘zlagan yadro dasturidan boshqa narsani izlamadik», - degan Pezeshkiyan: «Yadro qurollari yoki qaysidir ommani qirg‘in qiluvchi qurolga o‘rin yo‘q. Biz hech qachon yadro qurollari payiga tushmadik va aslo tushmaymiz ham», - dedi.

Oxirgi hujumlar ortidan Isroil razvedkasining mamlakatga sizib kirish ehtimoli haqida berilgan savol oldida Pezeshkiyan Isroilni aybladi va bu haqida: «Bu ham boʻlsa Isroilning tajovuzkor ekanini ko‘rsatmoqda» - dedi va Tel - Aviv hujumlari xalqaro qonun va kelishuvlarni buzganini ta’kidladi.

Snapback

Yakshanba kuni Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashining 2231 - sonli rezolyutsiyasi doirasida «snapback» mexanizmini ishga tushirdi. Bu mexanizmga ko‘ra agar Eron o‘z burchini bajarmagudek bo‘lsa unda 30 kun ichida sanksiyalar qayta tiklanadi.

Yil boshlarida AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari ortidan Tehron BMTning yadro nazoratchisi bilan hamkorlikni to‘xtatdi va Xalqaro Atom Energetikasi agentligini (IAEA) o‘ziga nisbatan noxolislikda aybladi.

AQShning bu yilning boshida uyushtirgan harbiy hujumlari, Eronning yadro inshootlarini nishonga oldi. Tramp ma’muriyati rasmiylari bu hujumlarning boyitish maydonlarini to‘liq yo‘q qilganini iddao etar ekan, Eron ziyon hajmini mubohasali deb topdi.

Yakshanba kuni dunyoning uchta davlati Tehronni yadro masalasi ustidan o‘z majburiyatlarini buzganlikda aybladi va o‘n yil ichida birinchi marta sanksiyalar qayta tiklandi. Bu harakatlar Tehronning yadro va ballistik raketa dasturlari bilan bog‘liq har qanday faoliyatni taqiqlar ekan mamlakat iqtisodiyotiga kengroq ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.