Jakarta AQSh - Isroil va Eron urushini to‘xtatishda vositachilik qilmoqchi

Jakarta AQSh - Isroil va Eron o'rtasida keskinlashayotgan mojaroda vositachilikni osonlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

By
_

Indoneziyaning Tashqi Ishlar vaziri seshanba kuni (03.03.2026) eronlik hamkasbiga; Jakarta AQSh - Isroil va Eron o'rtasida keskinlashayotgan mojaroda vositachilikni osonlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Indoneziya Tashqi Ishlar vaziri Sugiono, Yaqin Sharqdagi taranglik ortib borayotgan sharoitda Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali gaplashdi.

Sugiona mavzu haqida X ijtimoiy tarmog‘i orqali bergan bayonotida: “Indoneziya tinchlikni ilgari surishda konstruktiv rol o'ynashga tayyor. Shu doirada muzokaralar yoki vositachilikni osonlashtirishga ham tayyormi albatta. Maqsad — keskinlashuvni oldini olish va begunoh insonlarning o‘limini to'xtatish’ - dedi.

U barcha tomonlarni maksimal darajada o'zini tiyishga hamda darhol qadam tashlashga yoki chora ko'rishga chaqirdi.

‘Xalqaro huquq va BMT shartiga hurmat ko'rsatish lozimligini ta’kidlagan holda mintaqaviy barqarorlikka erishishning yagona yo'li — dialog va diplomatiya ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Fojiali nishonga olish

Dushanba kuni (02.03.2026) Aroqchi, mintaqaviy vaziyatni muhokama qilish uchun Afg'onistonning vazifalarni bajaruvchi Tashqi Ishlar vaziri Mulla Amirxon Muttaqi bilan ham gaplashdi.

Afg'oniston Tashqi Ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra Muttaqi voqealardan chuqur tashvishda ekanini bildirdi va AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi hujumlarini qoraladi.

U shuningdek Eronning diniy lideri Ali Hameneyning fojiali nishonga olinishi munosabati bilan ta'ziya izhor etdi.

Shanbadan beri AQSh va Isroilning qo'shma zarbalari natijasida bir qator yuqori martabali eronlik amaldorlar halok bo'lgani xabar qilinmoqda.

Tahran esa Ko‘rfaz mamlakatlaridagi AQSh bilan bog'liq obyektlarga qarshi dron va raketa hujumlari bilan javob qaytardi.

Oltita AQSh harbiy xizmatchisi halok bo'ldi va yana bir nechtasi og'ir jarohatlandi.

Eron Qizil Yarim oy jamiyati ma'lumotlariga ko'ra, shanba kunidan beri AQSh va Isroilning havo orqali uyushtirgan zarbalari oqibatida qurbonlar soni 555 kishiga yetdi.