Suriya xavfsizlik konvoyi Haseke shahar markaziga kirib bordi

Suriya xavfsizlik konvoyi YPG terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Haseke shahar markaziga kirib bordi.

By
_

Suriya hukumati bilan YPG terror tashkiloti o‘rtasida imzolangan kelishuv doirasida Suriya Ichki Ishlar vazirligining ichki xavfsizlik bo‘linmasiga tegishli konvoy Haseke viloyati markaziga kirib bordi.

Amaliyot jarayonini boshlash maqsadida Suriya Ichki Ishlar vazirligiga qarashli konvoy YPG tomonidan bosib olingan shahar markazi tomon yo‘l oldi.

Suriya Ichki Ishlar vazirligining yozma bayonotiga ko‘ra Haseke Ichki xavfsizlik qo‘mondoni brigada generali Marvon al - Ali ichki xavfsizlik kuchlariga shaharga kirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Marvan al - Ali xavfsizlik vazifalari belgilangan rejalar asosida va qonunlar bilan nizomlarga to‘liq rioya etgan holda bajarilishi, barcha ishlar intizom doirasida amalga oshirilishi, jamoat xavfsizligi va tartib - intizom ta’minlanishi, shuningdek fuqarolar hamda davlat va xususiy mulkning xavfsizligi kafolatlanishi lozimligini ta’kidladi.

Suriya hukumati bilan YPG o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq hozirda guruh nazoratida bo‘lgan Haseke shahri va Qamishli tumanidagi xavfsizlik mas’uliyati hamda davlat muassasalarini Suriya ma’muriyatiga topshirish ko‘zda tutilmoqda.

Suriyadagi oxirgi vaziyatlar

Joriy yilning 30 - yanvari kuni Damashq bilan SDG ortasida imzolangan sulh va kengaytirilgan integratsiya kelishuvi doirasida Ichki Ishlar vazirligi kuchlarining Hasekega kirishi e’lon qilingan edi.

Kelishuv Haseke markazidagi davlat muassasalarining Damashq hukumati tarkibiga integratsiya qilinishi hamda amaldagi xodimlarning davlat maosh tizimiga kiritilishini ham o‘z ichiga oladi.

Ichki Ishlar vazirligi kuchlarining Hasekedagi aniq vazifalari yoki shaharda qancha muddat qolishi borasida hozircha batafsil ma’lumot berilmadi.

Suriya armiyasi 16 - yanvar kuni Firot daryosining g‘arbiy qismidagi hududlarda SDGga qarshi amaliyot boshlagan edi.

Keyinchalik ushbu amaliyot qabila kuchlarining qo‘shilishi bilan daryoning sharqiy tomoniga kengaydi va natijada guruh tomonidan avval bosib olingan hududlarning yirik qismi hukumat nazoratiga o‘tdi.