Eron: Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiq ammo kemalar AQSh - Isroil urushi yuzasidan o‘tishdan qorqmoqda

Eron Tashqi Ishlar vaziri Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiq ekani ammo kemalar Tehronga qarshi olib borilayotgan AQSh – Isroil urushi yuzasidan o‘tishdan chekinayotganini ma’lum qildi.

By
_

Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiq ekani ammo kemalar Tehronga qarshi olib borilayotgan AQSh – Isroil urushi yuzasidan o‘tishdan chekinayotganini ma’lum qildi.

Abbos Aroqchi yakshanba kuni «X» platformasi orqali mavzu haqida: «Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopiq emas. Kemalar o‘tishga Iron tufayli emas, balki siz boshlagan va o‘zingiz tanlagan urushdan qo‘rqayotgan sug‘urta kompaniyalari yuzasidan ikkilanmoqda» - dedi.

Vazir o‘z so‘zida shuningdek: «Hech bir sug‘urta kompaniyasi — va hech qaysi eronlik — tahdidlar tufayli ortga chekinmaydi. Hurmat yo‘lini sinab ko‘ring» - degan holda: «Savdo erkinligisiz suzish erkinligi bo‘lmaydi. Har ikkisini ham hurmat qiling — aks holda ikkalasini ham kutmang» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eron Tashqi Ishlar vazirligi ham «X» orqali bergan bayonotida, Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopiq emasligini ta’kidladi.

Biroq bayonotda hujumchi tomonlarga oid kemalar oddiy qabul qilinmasligi va mojaro natijasida shakllangan huquqiy doira hamda vakolatli Eron organlarining qaror va choralariga muvofiq muomala qilinishi qayd etildi.

Bo‘g‘ozning yopilishi

Mart oyining boshidan beri Eron odatda kuniga qariyb 20 million barrel neft va global suyultirilgan gaz savdosining taxminan 20 foizi o‘tadigan muhim yo‘l — Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ko‘pchilik kemalar uchun amalda yopdi.

Bu holat yuk tashish va sug‘urta xarajatlarini oshirdi, neft narxlarini ko‘tardi va global iqtisodiyot bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirdi.

Shanba kuni (21.03.2026) Donald Trump, Eron, 48 soat ichida strategik yo‘lni ochmasa; uning elektr stansiyalarini eng kattasidan boshlab yo‘q qilish bilan tahdid qildi.

Hududdagi to‘qnashuvlar 28 - fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlar bilan boshlandi. Eron bunga Isroil va AQShning Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi harbiy obyektlariga qarshi dron va raketa zarbalari bilan javob qaytardi.