Turk Harbiy - dengiz kuchlarining Ko‘rfazdagi o‘rni uzaytirildi
Turk Harbiy - dengiz kuchlarining Ko‘rfazdagi o‘rni 2026 - yilning 10 - fevralidan e'tiboran yana bir yilga uzaytirildi.
So‘mali qirg‘oqlari, Adan qo‘ltig‘i, Arab dengizi va ularga tutash suv hududlarida Turkiya Dengiz kuchlarini joylashtirish bo‘yicha prezidentning rasmiy ruxsatnomasi 2026 - yilning 10 - fevralidan boshlab yana bir yilga uzaytirilgani haqidagi qaror Rasmiy gazetada e’lon qilindi.
Uzatishning maqsadi — Turkiya bayrog‘i ostida suzuvchi va Turkiya bilan bog‘liq savdo kemalarini himoya qilish, qaroqchilik, qurolli talonchilik va dengiz terrorizmiga qarshi xalqaro sa’y - harakatlarga hissa qo‘shish; gumanitar yordam faoliyatlarini qo‘llab -quvvatlash ham da mamlakatning dengizdagi operatsion tajribasi va xalqaro hamkorligini mustahkamlashdan iborat.
Turkiya 2009 - yildan buyon NATOning Ocean Shield operatsiyasi va 2009 – 2025 - yillar oralig‘ida yetti marta qo‘mondonlik qilgan Combined Task Force 151 (CTF-151) kabi xalqaro qaroqchilikka qarshi missiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Rasmiy ruxsatnomada qayd etilishicha So‘malining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga murojaatiga qaramay Adan qo‘ltig‘i, Somali hududiy suvlari va ularga tutash hududlarda qaroqchilik, qurolli talonchilik va dengiz terrorizmiga qarshi kurash bo‘yicha avvalgi vakolatlarni yangilash yuzasidan 2022 - yildan beri BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Shuningdek, 2008 - yili qabul qilingan BMT Xavfsizlik kengashining 1851 - sonli rezolyutsiyasi doirasida So‘mali hududiy suvlaridan tashqaridagi hududlarda qaroqchilik va dengiz jinoyatlariga qarshi xalqaro operatsiyalar davom etayotgani ta’kidlandi.
Shu doirada rasmiy ruxsatnoma Yevropa ittifoqi kengashining 2024 - yilning 16 - dekabridagi qarori bilan Yevropa ittifoqining Atalanta operatsiyasi 2027 - yilning 28 - fevralga qadar uzaytirilganini eslatib o‘tdi.
Uzatish xalqaro huquqqa muvofiq tarzda Turkiyaning dengiz xavfsizligini, suzish erkinligi ham da global tinchlik va barqarorlikni qo‘llab - quvvatlash borasidagi xalqaro va milliy majburiyatlarining bir qismi hisoblanadi.