Falastinlik minglab inson al - Aqso jome' masjidida tarovih namozi o‘qidi
Falastinlik minglab inson bu yilgi Ramazon oyining ilk tarovih namozini al - Aqso jome' masjidida o‘qidi.
Minglab falastinlik Isroil politsiyasi bor muhitda Quddusdagi al - Aqso jome’ masjidida Ramazon oyining ilk tarovih namozini ado etdi.
Jamoat kechqurun jome’ masjidining namozgohlari va ochiq hovlilarini to‘ldirar ekan, al - Aqso imomi Shayx Yusuf Abu Sineyna shom namozini o‘qitdi.
Onlayn tarqatilgan videolavhalarda Isroil politsiyasi majmua ichida bo‘lgani va namoz vaqtida jamoat orasida yurgani kuzatildi.
Duo va ibodatlar bosib olingan Sharqiy Quddusda, ayniqsa Eski shahar va al - Aqso majmuasi atrofida keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda qilindi. Isroil rasmiylari diniy jihatdan muhim shaxslar va faollarga nisbatan hibsga olishlar hamda vaqtinchalik taqiqlarni o‘z ichiga olgan o‘zboshimcha choralarni kuchaytirdi.
Yevropa – O‘rta Yer dengizi Inson huquqlarini kuzatish tashkiloti, Isroil, Ramazon arafasida ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusni ham o‘z ichiga olgan holda bosib olingan G‘arbiy Sohilda cheklovlarni kuchaytirib, odamlarning ibodat joylariga kirishiga monelik qilganini bildirdi.
Quddus hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra 2026 - yil boshidan buyon falastinliklarning al -Aqsoga kirishini taqiqlovchi 250 dan ortiq buyruq chiqarildi.
Hokimlik dushanba kuni kechqurun Isroil politsiyasi al - Aqso imomi Shayx Muhammad al - Abbosini hibsga olgani, keyinroq uni qo‘yib yuborib; uzaytirilish ehtimoli sharti bilan bir hafta taqiqini joriy etganini ma’lum qildi.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyida G‘azodagi urushni boshlaganidan buyon ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda hujumlarini kuchaytirdi.