So‘mali razvedkasi 23 nafar al - Shabob a'zosini yo‘q qildi

So‘mali razvedkasi terrorga qarshi kurash amaliyoti doirasida 23 nafar al - Shabob a'zosini yo‘q qildi.

By
_

NISA seshanba kuni bergan bayonotida, kamida 23 nafar al - Shabob a’zosi yo‘q qilingan to‘rtta amaliyot uyushtirganini ma’lum qildi.

NISA ma’lumotiga ko‘ra amaliyotlar mamlakatning xalqaro xavfsizlik hamkorlari bilan muvofiqlashtirilgan holda, janubiy - markaziy Hirshabelle shtatining Hiiraan va O‘rta Shabelle hududlarida amalga oshirilgan.

Tashkilot,terrorchilar shtat ichida hujumlar boshlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda nishonga olinganini bildirdi.

NISA bayonotida shunday deyiladi: “Ushbu oldini oluvchi amaliyotlar NISAning Xorijiy guruhi Mahas shaharchasi yaqinidagi Wab - weyn va Gobo hududlarida jangarilarni safarbar qilayotgani haqida razvedka ma’lumotini olganidan so‘ng amalga oshirildi”.

Xorijiy — So‘mali hukumati tomonidan al - Qoida bilan aloqador terror tashkiloti sifatida ta’riflanadigan al - Shabobni anglatish uchun qo‘llanadigan atama.

Bayonotga ko‘ra amaliyotlar chog‘ida Hiiraan hududidagi Moqokori shaharchasida joylashgan terrorchilar lageri ham yo‘q qilingan. Al - Shabob 16 yildan ortiq vaqt davomida So‘mali hukumatiga qarshi qo‘zg‘olon faoliyatini olib bormoqda va tez-tez xavfsizlik kuchlari, rasmiylar hamda tinch aholini nishonga olmoqda.

So‘mali armiyasi o‘tgan yilning iyul oyidan buyon Afrika birligi So‘mali yordam va istiqror missiyasi hamda boshqa xalqaro hamkorlar ko‘magida al - Shabobga qarshi amaliyotlarni kuchaytirdi.

Afrika ittifoqi missiyasining vakolati dekabr oyida BM Xavfsizlik kengashi tomonidan Buyuk Britaniya qo‘llab - quvvatlagan qaror asosida yana bir yilga — 31-dekabrgacha uzaytirildi.