Prezident Erdo‘g‘an Mudofaa sanoati ijro qo‘mitasi yig‘ilishiga raislik qildi
Mudofaa sanoati ijro qo‘mitasi Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an raisligida Prezidentlik kulliyasida yig‘ilish o‘tkazdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi, Mudofaa sanoati ijro qo‘mitasi Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an raisligida Prezidentlik kulliyasida yig‘ilish o‘tkazganini ma’lum qildi.
Chorshanba kuni (18.02.2026) e’lon qilingan bayonotga ko‘ra qo‘mita 2026 - yilning ilk yig‘ilishida Turkiya Mudofaa sanoatining 2025 - yili amalga oshirgan ishlari, mudofaa sanoatining eksportdagi muvaffaqiyati, kelajak maqsadlari hamda muhim loyihalarni baholagan.
Bayonotda mudofaa sanoatining eksportdagi muvaffaqiyati, kelajak maqsadlari va muhim loyihalar yuzasidan baholashlar amalga oshirilgani hamda mahalliy va milliy mudofaa sanoatini qo‘llab - quvvatlashda qarorli ekanlikalrini ta’kidlangani bildirildi.
Shuningdek, Milliy mudofaa va Ichki Ishlar vazirliklari ehtiyojlariga doir mavjud hamda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha kun tartibi muhokama qilinib, qarorlar qabul qilingani qayd etildi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi, Turkiya mudofaa sanoatining erishgan yutuqlari “xalqimiz va davlatimizning kuchli qo‘llab - quvvatlashi bilan” amalga oshganini bildirib, bundan mamnun ekanini bildirdi.
Bayonotda 2026 - yili yanada yuqori sa’y - harakatlar bilan ishlar davom ettirilishi zarurligi ta’kidlanib, mahalliy va milliy texnologiyalar asosida mudofaa sanoatidagi namunali rivojlanish qat’iyat bilan davom ettirilishi ifoda etildi.
Bayonot yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar “jamoatchilikka e’lon qilindi” degan so‘zlar bilan yakunlandi.