Ukrainaga oid insonsiz havo transportlari Moskvaga hujum qildi

Ukrainaga oid insonsiz havo transportlari (IHT) Moskvaga qarshi hujum qilar ekan, Tula viloyatida yong‘in kelib chiqishiga yo‘l ochdi.

By
_

Mintaqaviy rasmiylar tomonidan bugun (24.12.2025) berilgan bayonotda, Ukrainaning kechasi bilan insonsiz havo transporti (IHT) orqali uyushtirgan hujumlari Moskva shahrini nishonga olgani va Rossiya poytaxtining janubida joylashgan Tula viloyatida yong‘in kelib chiqishiga yo‘l ochganini ma’lum qildi.

Moskva meri Sergey Sobyanin Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Moskva tomon yo‘naltirilgan kamida uchta IHT urib tushirilganini ma’lum qildi. Sobyaninning aytishicha, IHT parchalari tushgan hududlarga favqulodda xizmatlar yuborilgan ammo dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hech qanday ziyon qayd etilmagan. Rossiya Harbiy bo‘lmagan aviatsiyasi agentligi esa poytaxtga xizmat ko‘rsatuvchi to‘rtta asosiy aeroportdan ikkitasida qatnovlar cheklanganini bildirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi kechasi bilan Ukrainaga tegishli 172 ta IHT yo‘q qilingani, ularning qariyb yarmi Ukraina bilan chegaradosh hududlarda urib tushirilganini ma’lum qildi.

Tula viloyati gubernatori Dmitriy Milyaev, urib tushirilgan IHT - laridan birining qoldiqlari hududdagi sanoat obyektida yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgani ammo obyekt tafsilotlari oshkor etilmaganini bildirdi. Shuningdek, u viloyat osmonida Ukrainaga tegishli 12 ta IHT, havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilinganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ukraina esa Rossiyaning davom etayotgan hujumlariga javob tariqasida Moskvaning urush olib borish salohiyatini izdan chiqarish niyatida harbiy, energetika va logistika obyektlarini nishonga olayotganini bildirgan holda; Rossiya hududlarining chuqur qismlarini ko‘zlagan IHT hujumlarini kuchaytirganini ta’kidladi.