Tehron AQSh bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralardan umidvor

Tehron payshanba kuni Jenevada AQSh bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralardan umidvor.

By
_

Eron rasmiylari Yaqin Sharqda AQSh harbiy kuchlari to‘planishiga qaramay payshanba kuni muzokaralar qayta boshlanishi va unda yangi mojaroning oldini oluvchi kelishuv sari siljishdan umidvor ekanini bildirdi.

Yakshanba kuni (22.02.2026) CBS News telekanaliga bergan intervyusida Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha yangilangan muzokaralar oldidan ehtimoliy kelishuv tafsilotlari ishlab chiqilayotganini ifoda etdi.

Mintaqadagi o‘rtamchi Ummon Tashqi Ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al - Busaidiy muzokaralar payshanba kuni Jenevada qayta boshlanishini ma’lum qilar ekan, uning, kelishuvni yakunlash uchun qo‘shimcha sa’y - harakatlar qilishga ijobiy turtki berishini qayd etdi.

Eronda mamlakat bo‘ylab boshlangan norozilik namoyishlari qonli bostirilgach, AQShning harbiy aralashuv tusidagi tahdidlari kuchaydi.

Aroqchi mintaqadagi AQSh manfaatlariga e’tibor qaratgan holda, ularni ehtimoliy nishon sifatida tilga oldi va: «Agar AQSh bizga hujum qilsa, o‘zimizni himoya qilishga har jihatdan haqqimiz bor», - dedi.

Shunga qaramay, u: «Diplomatik yechim ehtimoli yuqori», - degan ifodalarga o‘rin berdi.