SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Zelenskiy muzokara jarayoniga Yevropa ham ishtirok etishi kerakligini ta'kidladi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni tugatish bo‘yicha olib borilayotgan muzokara jarayoniga Yevropa ham mutlaqo ishtirok etishi kerakligini ta'kidladi.
Zelenskiy muzokara jarayoniga Yevropa ham ishtirok etishi kerakligini ta'kidladi
_

Zelenskiy Estoniya poytaxti Tallin shahriga bo‘lgan tashrifi doirasida Prezident Alar Karis bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi va unda nutq sozladi.

O‘z so‘zida Rossiya – Ukraina urushini tugatish boyicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirgan Zelenskiy, AQSh Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq boyicha maxsus vakili Stiv Vitkoff va kuyovi Jared Kushner bilan (08.06.2026) telefon orqali muloqot qilganini yodga soldi.

Unda urushni yakunlash uchun zarur muzokaralar muhokama qilinganini ifoda etgan Zelenskiy, jarayonga Yevropaning ham faol ishtirok etishi kerakligini ta'kidladi.

Zelenskiy mavzu haqida shuningdek: “Yevropa ushbu muzokaralarda haqiqiy va kuchli ovoz bilan qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etishi kerak. Amerika diplomatik jarayonlarga faol ishtirok etishga tayyor” - dedi.

Urushda ot ochishni toxtatish uchun Rossiya, Ukraina, AQSh va Yevropa yetakchilari ishtirokida muzokaralar otkazilishi kerakligiga e’tibor qaratgan Zelenskiy, shaxsi o‘rtaga tashlagan “Nega Yevropa?” degan savolga: “ Chunki biz Yevropadamiz, javob shu. Chunki bu yer bizning yurtimiz, bu yer bizning qitamiz, har holda ertangi kunimiz xavfsiz bolishiga ishonch hosil qilinishini ta'minlashimiz kerak” - deyilgan so‘zlar bilan yana o‘zi javob berdi.

Zelenskiy Fransiyada otkaziladigan G - 7 sammiti va Turkiya mezbonligidagi NATO sammiti Ukraina uchun ham muhim bolishiga e'tibor qaratib, bu yilning iyun va iyul oylarida ko'p narsa hal bo'lishi mumkin ekanini qayd etdi.