Zelenskiy Estoniya poytaxti Tallin shahriga bo‘lgan tashrifi doirasida Prezident Alar Karis bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi va unda nutq so‘zladi.
O‘z so‘zida Rossiya – Ukraina urushini tugatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirgan Zelenskiy, AQSh Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Vitkoff va kuyovi Jared Kushner bilan (08.06.2026) telefon orqali muloqot qilganini yodga soldi.
Unda urushni yakunlash uchun zarur muzokaralar muhokama qilinganini ifoda etgan Zelenskiy, jarayonga Yevropaning ham faol ishtirok etishi kerakligini ta'kidladi.
Zelenskiy mavzu haqida shuningdek: “Yevropa ushbu muzokaralarda haqiqiy va kuchli ovoz bilan qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etishi kerak. Amerika diplomatik jarayonlarga faol ishtirok etishga tayyor” - dedi.
Urushda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Rossiya, Ukraina, AQSh va Yevropa yetakchilari ishtirokida muzokaralar o‘tkazilishi kerakligiga e’tibor qaratgan Zelenskiy, shaxsi o‘rtaga tashlagan “Nega Yevropa?” degan savolga: “ Chunki biz Yevropadamiz, javob shu. Chunki bu yer bizning yurtimiz, bu yer bizning qitamiz, har holda ertangi kunimiz xavfsiz bo‘lishiga ishonch hosil qilinishini ta'minlashimiz kerak” - deyilgan so‘zlar bilan yana o‘zi javob berdi.
Zelenskiy Fransiyada o‘tkaziladigan G - 7 sammiti va Turkiya mezbonligidagi NATO sammiti Ukraina uchun ham muhim bo‘lishiga e'tibor qaratib, bu yilning iyun va iyul oylarida ko'p narsa hal bo'lishi mumkin ekanini qayd etdi.


















