Kolumbiyada sel falokati yuzasidan favqulodda holat e'lon qilindi
Shimoliy Kolumbiyada yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 18 kishi vafot etdi, minglab uy - joy, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalari yer bilan yakson bo'ldi.
Kolombiya, mamlakatning shimolidagi yirik chorvachilik hududida yuz bergan toshqin 18 kishining umriga, minglab oilaning o‘z uy - joyidan ko‘chirilishiga yo‘l ochgan voqea yuzasidan chorshanba kuni (11.02.2026) favqulodda holat e’lon qildi.
Eng ko‘p ziyon ko‘rgan hududlardan biri bo‘lgan Kordovada to‘g‘on va daryolar toshib ketishi natijasida uylar suv ostida qoldi va 150 ming nafardan ortiq inson ziyon ko‘rdi.
Rasmiylar toshqinlar 4 ming 300 dan ortiq uyni vayron qilgani va mamlakatning keng yaylov hamda qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolganini bildirdi.
Chorvadorlar uyushmasiga ko‘ra voqeada kamida 1 ming 200 bosh qoramol nobud bo‘lgan.
Kolombiya tabiiy ofatlar bo‘yicha yordam agentligi dushanba kuni mamlakat bo‘ylab 22 o‘lim qayd etilganini bildirgan edi ammo keyinchalik bu raqam kamaytirildi.
Favqulodda holat e’lon qilinishi haqidagi farmon Prezident Gustavo Petroga, Kongress roziligisiz; 30 kun davomida inqirozni boshqarish, jumladan falokatdan ziyon ko‘rgan hududlarga manba ajratish uchun maxsus choralar ko‘rish vakolatini beradi.