AQSh shtatlari turk investorlarini o‘ziga jalb etishga urinmoqda
AQSh shtatlari arzon narxda va uzluksiz energiyaga erish imkoniyatining ahamiyatini ta'kidlagan holda turk investorlarini o‘ziga jalb etishga urinmoqda.
AQSh shtatlari vakillari arzon va uzluksiz energiyaga erishishning ahamiyatini ta'kidlash orqali turk investorlarini o‘ziga jalb etishga urinmoqda va energetika, kimyo, metallar, elektronika, aviatsiya hamda sanoat ishlab chiqarishi kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish niyatida.
Bu tashabbuslar — AQSh federal hukumati tashabbusi hisoblangan va chet etlliklarning to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalari bilan iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirishni ko‘zlagan holda dizayn qilingan 2026 SelectUSA safari doirasida o‘tkazildi. Tadbirlar Istanbul, Ko‘jaeli va Anqarada uyushtirilar ekan, unda, turk kompaniyalari bilan bir nechta AQSh shtatlari vakillari yig‘ilish o‘tkazdi.
Shale Crescent USA rahbari Nathan Lord tashkilotining, mintaqaning energetik ustunliklarini ta’kidlab; sanoat investitsiyalarini Ohio, Pensilvaniya va G‘arbiy Virjiniyani o‘z ichiga olgan slanets gaz (shale gas) havzasiga jalb etishga qaratilganini ifoda etdi.
Anado‘lu axborot agentligiga (AA) bergan intervyusida Lord, energiya og‘ir sanoat uchun eng katta xarajat omillaridan biri ekani; mintaqa esa kauchuk, shisha, avtomobilsozlik, po‘lat va neft - kimyo kabi sohalar uchun ishonchli va arzon energiya ta’minlayotganini ta’kidladi.
Lord mavzu haqida: «Agar Ohio, G‘arbiy Virjiniya va Pensilvaniya alohida davlat bo‘lganida AQShning qolgan qismi va Rossiyadan keyin dunyodagi uchinchi yirik tabiiy gaz ishlab chiqaruvchisi bo‘lardi. Bu tabiiy gaz ta’minoti global miqyosda juda katta. AQShdagi eng arzon tabiiy gaz va elektr energiyasi Shale Crescent USA mintaqasida mavjud. Bu esa energiya talab qiluvchi ishlab chiqarish uchun noyob qarorlilik va ta’minot xavfsizligini ta’minlamoqda», - dedi.
U doimiy energiya ta’minoti va qulay bozor sharoitlari mintaqaga xalqaro investorlar uchun raqobat ustunligini berishini qayd etdi.
Mintaqaga sarmoya kiritgan ko‘p millatli kompaniya rahbari bilan bo‘lgan suhbatini yodga solgan Nathan Lord, nomi tilga olingan rahbar: «Dunyoning turli joylarida zavodlar qurdim va har doim shunday qaror qabul qilishimga to‘g‘ri kelardi: energiya manbai yonida bo‘laymi yoki mijozlar yonidami? Chunki ular odatda bir joyda bo‘lmaydi. Bu mintaqa esa bunday tanlov qilishim shart bo‘lmagan birinchi joy — chunki bu yerda ikkalasi ham bor», - deganiga e’tibor qaratdi.
Lord: «Bu yerda sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan turk kompaniyalari uchun ham ayni imkoniyatlar mavjud. Turkiyadagi uchrashuvlarimiz ortidan o‘nlab kompaniya mintaqamizga sarmoya kiritishiga ishonchimiz komil», - dedi.
«Yevropaliklar gapiradi lekin turklar amalga oshiradi»
Shale Crescent USA marketing direktori Greg Kozera Ohio, G‘arbiy Virjiniya va Pensilvaniyada slanets gazining kashf etilishi, mintaqaning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini sezilarli darajada oshirganini qayd etdi.
U mo‘l va arzon energiya ayniqsa po‘lat va neft - kimyo sohalarida ishlab chiqarishning tiklanishiga turtki bo‘lganini ta’kidladi.
Kozera infratuzilmaning roliga ham e’tibor qaratib, Turkiyaning yirik loyihalarni tez yakunlash qobiliyatini maqtadi.
Greg Kozera: «Turkiyada bo‘lgan paytimda infratuzilma loyihalari qanchalik tez yakunlanishiga guvoh bo‘ldim. Buni AQShda qila olmaymiz. Turk kompaniyalariga maslahat: agar siz energiyani ko‘p iste’mol qilsangiz, avvalo energiyani toping. Energiya manbaiga qanchalik yaqin bo‘lsangiz, uzoq muddatli qarorliligingiz shunchalik yuqori bo‘ladi», - dedi.
Biznes muhitlarini taqqoslagan Kozera, yaqin kunlarda Turkiya va Yevropaga qilgan safarlari chog‘ida aniq farqlar o‘rtaga qo‘yganini ifoda etdi.
U mavzu haqida shunday dedi: «Yevropaliklar gapiradi lekin turklar amalga oshiradi. Turkiyadagi investorlarga hukumat tomonidan to‘sqinlik qilinmaydi, aksincha rag‘batlantiriladi. Istanbul – Anqara yo‘lagi bo‘ylab yangi sanoat hududlari barpo etilayotganiga guvoh bo‘ldim. Yevropada esa zavodlar yopilmoqda».
Amerikalik tadbirkor o‘z so‘zida shuningdek: «Siyosiy jihatdan nimalar bo‘layotganini bilmayman ammo ko‘rganim shuki: bu yerda yaxshi ishlar bo‘lmoqda. Yevropa qiyin ahvolda va bu Turkiyaning Yevropada haqiqiy yetakchilik rolini egallashi uchun katta imkoniyatdir».