Turkiya Isroilning Gʻazoni nishonga olgan hujumlarini keskin qoraladi

Anqara Tel - Aviv yetakchiligini otashkesimga amal qilishga va tinchlik bilan barqarorlikni buzadigan harakatlardan uzoq turishga chaqirdi.

_

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarini «Shu oy boshida erishilgan otashkesimni ochiq - oydin buzish», - deb baholadi.

Vazirlik mavzu haqida kecha (28.10.2025) bergan bayonotida hujumlarda tinch aholi orasida jon berganlar borligi haqidagi xabarlardan chuqur qaygʻuda ekanliklarini ifoda etib, butunlay tinchlik oʻrnashi va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun takror otashkesimga amal qilinishi kerakligini qayd etdi.

Bayonotda Tel - Aviv yetakchiligini otashkesimga amal qilishga va tinchlik bilan barqarorlikni buzadigan harakatlardan uzoq turishga chaqirdi.

Vazirlik shuningdek, Turkiya Falastin xalqi bilan birdamlikni davom ettirishi va mintaqada adolatli, uzoq muddatli va keng koʻlamli tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi.

Otashkesim kelishuvini buzish haqida buyruq

Isroil armiyasi seshanba kuni (28.10.2025) genotsidchi Binyamin Netanyaxuning zudlik bilan kuchli zarbalar berish haqidagi buyrug‘i ortidan G‘azo bo‘ylab bir qator hujumlar uyushtirdi. Netanyaxu Hamasni otashkesim kelishuvini buzishda aybladi ammo bunga dalil keltirmadi.

Isroil yuqorida nomi tilga olingan havo hujumlarida falastinlik kamida yana 91 kishi umriga zomin boʻldi, koʻpchilik tan jarohati oldi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp oʻrtamchiligida tayyorlangan 20 moddalik reja asosida yoʻlga qoʻyilgan otashkesim, 10 - oktabr kuni kuchga kirgandi. Ushbu reja isroillik mahbuslarning ozod etilishi evaziga falastinlik mahbuslarning ham ozod etilishi va Gʻazoni qayta tiklashni o‘z ichiga oladi.

Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan genotsid tusdagi hujumlari oqibatida 2023 - yilning oktabridan beri 68 ming 500 nafardan ortiq inson halok boʻldi, 170 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.

Isroil bombardimoni G‘azoning yirik qismini vayronaga aylantirib, aholining deyarli barchasini oʻz uy - joyidan mahrum qildi va boshqa joylarga koʻchib ketishga majbur qildi.