Hakan Fidan G‘azo masalasi ustidan uyushtirilgan yig‘ilishda ishtirok etdi
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Gretsiya va O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirlari bilan telefon orqali alohida - alohida muloqot qildi.
Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, G‘azo tinchlik rejasining ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishda ishtirok etdi.
Hakan Fidan kecha (12.01.2026), 2025 - yilning dekabr oyi oxirida AQShning Florida shtati, Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning davomi sifatida tashkil etilgan onlayn yig‘ilishda ishtirok etdi. Unda, G‘azo tinchlik rejasining navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishni muhokama qilish maqsadida AQSh, Misr va Qatar rasmiylari bilan uchrashdi.
G‘azoda AQSh Prezidenti Donald Trampning 20 banddan iborat rejasi doirasida 2025 - yilning 10 - oktabri kuni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgandi. Ushbu kelishuv 2023 - yilning oktabridan beri davom etgan va asosan ayollar bilan bolalardan iborat falastinlik 70 ming nafardan ortiq insonning umriga; qariyb 171 ming nafar insonning esa sog‘ligiga zomin bo‘lgan urushlarni to‘xtatishni ko‘zlagan edi.
Diplomatiya
Diplomatik manbalarga ko‘ra Hakan Fidan, Gretsiya va O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirlari bilan ham telefon orqali alohida - alohida muloqot qildi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri Giorgos Gerapetritis, ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy jarayonlarni muhokama qildilar.
Manbalarning bildirishicha Hakan Fidan O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan ham alohida bo‘lib o‘tgan muloqotida, ikki tomonlama aloqalar bilan birga mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.
Vazirlar, shuningdek, yaqin vaqt ichida ikki davlat o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yuqori darajadagi strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.
Muloqotlar tafsilotlari ustidan qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.