Hakan Fidan Islom Hamkorlik Tashkiloti diplomatlarini qabul qildi
Islom Hamkorlik Tashkiloti islom dunyosiga gumanitar va siyosiy inqirozlarga qarshi birgalikda harakat qilish imkonini bermoqda.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Anqarada tashkil etilgan iftorlik dasturida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning elchilari hamda Turkiyadagi IHT muassasalari vakillari bilan uchrashdi.
Diplomatik manbalarga ko‘ra, iftorlik ziyofati chorshanba kuni poytaxtdagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tdi.
Fidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi: "IHT insoniy va siyosiy inqirozlar qarshisida Islom dunyosining hamjihatlikda harakat qilishini ta’minlar ekan, global miqyosda adolat qaror topishi yo‘lida kundan-kunga samaraliroq rol o‘z zimmasiga olmoqda".
Shuningdek, Fidan Turkiya IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi raisi sifatida tashkilot faoliyatiga hissa qo‘shishda davom etishini bildirdi.
Tashqi ishlar vaziri: "Ushbu muborak oy butun insoniyat uchun tinchlik va osoyishtalik keltirishini tilayman, ishtiroklari uchun janob elchilarga minnatdorchilik bildiraman", deya qo‘shimcha qildi.